Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Dante: «Balotelli faqat futbol haqida o‘ylashi lozim»

Dante: «Balotelli faqat futbol haqida o‘ylashi lozim»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Fransiya chempionatiga o‘zgacha shukuh olib kirgan «Nissa» klubida vise-sardor sifatida to‘p surayotgan braziliyalik himoyachi Bonfim Dante yaqinda BBC World Football muxbiriga maxsus intervyu berdi. Himoyachi bilan musohaba davomida gap asosan «Nissa»ning kutilmagan muvaffaqiyati, klubning o‘tmishi mojarolarga boy a’zosi Mario Balotelli va «Bavariya»ning sobiq ustozi haqida bordi.

— «Nissa» yangi mavsumni chindan ham, o‘ta ko‘tarinki ruhda boshladi. Shaxsan siz ushbu dadillikni qanday izohlaysiz?

— O‘ylashimcha, hammasi birdamlikka bog‘liq. Zero, ayni payt o‘zimizni xuddi kattakon bir oiladek his qilyapmiz. Umuman, shuning uchun ham aynan «Nissa»ni tanlaganman. Qolaversa, mening nazarimda, Nissa shahri  dunyodagi eng so‘lim maskan. Aslida butun Fransiya menga Braziliyani eslatib turadi. Deylik, bu yerdagi odamlar xuddi vatanimdagi kabi doimo shod-xurram yurishadi. Xullas, taqdir meni shu yerga yo‘llaganidan g‘oyat xursandman.

— Nima deb o‘ylaysiz, «Nissa» mavsum oxiriga borib, chempionlikni nishonlashi mumkinmi?

— Albatta... Axir futbolda har qanday holat ro‘y berishini ko‘p kuzatganmiz-ku. Biroq voqealar qanday rivojlanishi xususida hozirdan baralla gapirish qiyin, baribir. Zero, mavsum finishiga hali ancha bor, jamoamiz esa chempionlik yo‘lida «PSJ», «Monako» va «Lion» kabi kuchli raqiblarga qarshi oxirigacha kurashishi kerak. Demak, ayni vaqt biz uchun eng muhimi - diqqatni bir joyga jamlash. Tushunarliki, kichik bo‘lsada, imkoniyat yo‘q emas. Umid qilamanki, hamjihat o‘ynab, bundan samarali foydalanamiz.

— Aytingchi, Mario Balotelli jamoa uchun qanchalik muhim futbolchi?

— Shubha yo‘q, Mario katta iqtidor egasi va yuksak saviyali ijrochi. Shuningdek, uning insoniylik fazilatlari ham ajoyib. Shunday futbolchi bilan birga to‘p surish baxti nasib etayotganidan bag‘oyat mamnunman.

— Lekin u «yomon bola» laqabini orttirib olgan...

— Ha, afsuski, shunday. Biroq bilasizmi, bu ishlar o‘tmishda qoldi. Ikkinchi tomondan, uni tushunish kerak. Mario juda yoshligidayoq mashhurlikka erishdi. U bilan ilk marta ko‘rishib, gaplashganimdayoq qarshimda qandaydir «yomon bola» emas, ulg‘aygan, mas’uliyat hissini tushunib yetgan kap-katta yigit turganini sezdim. Balotelli ayni payt futbol o‘ynash va undan rohat olishni istaydi, xolos. Albatta, o‘z o‘rnida, unga aslida jahon darajasidagi iqtidor sohibi ekanligi va buyog‘iga faqat faoliyati haqida qayg‘urishi lozimligini uqtirdim. Chunki Mario shunday qilsagina o‘z orzulariga erishishi, jamoa bilan birga maqsadiga yetishi mumkin.

— Endi o‘zingizga doir savol: sizga «Bavariya»dek jamoa bilan xayr-lashish oson bo‘lmagandir...

— Ha, ochig‘ini aytganda, har qanday o‘zgarish kutilmagan muammolarni yuzaga keltiradi. Ammo shunisi borki, avvalgi yili «Bavariya»da o‘zimni noqulayroq sezdim. Aniqroq aytsam, jamoaga keraksiz o‘yinchi bo‘lib qolgandim, go‘yo. Shu bois, muhitni o‘zgartirishga qaror qildim.

— Xosep Gvardioladek talabchan mutaxassis qo‘l ostida ishlash nechog‘li qiyin ekan?

— Aksincha, barchasi juda oson. Zero, u to‘p bilan qanday ishlash lozimligini yaxshi biladi va mashg‘ulotlari hattoki, yengilroq o‘tadi.

— Gvardiola ayni payt «Manchester Siti»da faoliyat yuritmoqda. Sizningcha, u APLda muvaffaqiyatga erisharmikin?

— Albatta! To‘g‘ri, Xosep hozirda ba’zi muammolarga duch kelyapti, ammo ishonchim komilki, yakunda o‘z maqsadiga erishadi, baribir. Bilasizmi, Pepni ko‘p tarafdan mahoratli o‘qituvchiga o‘xshataman. Faqat jamoada barcha yigitlar o‘z niyatlarini amalga oshirish yo‘lida uning aytganlarini quloq qoqmay bajarishlari kerak. Ehtimol, Gvardiola birinchi mavsum oxirigacha qiynalar, lekin keyingi chempionatlarda «Siti»ni sovrinlar sari yetaklashiga sira shubham yo‘q.

— Shaxsiy maqsadlaringiz qanday? Shu paytga qadar ko‘pgina sovrinlarga ega chiqdingiz. Endi nimalarni ko‘zlayapsiz?

— Ochig‘ini aytsam, men uchun azaliy va bosh maqsad - jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonish. Lekin hozirgi holatda terma jamoamiz murabbiylari yoshroq futbolchilarga ko‘proq ishonch bildiryaptilar. Shunga qaramay, hamon g‘alabalarga tashnaman. Har kuni ertalab uyqudan turar ekanman, navbatdagi o‘yin va g‘alaba haqida o‘ylayman. Chunonchi, joriy mavsum bir qator katta orzularimiz ushalishi ehtimoli baland.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:02, 12.02.2017.
O'qildi: 5322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.