Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Bahsda No‘’mon Hasanov shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv boshida Nosir Otaqo‘ziyevning chalqancha usulda bergan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. Oradan biroz o‘tib, uchrashuvda hisob ochildi. Burchak zarbasidan so‘ng Jalil Kimsanov boshi bilan “So‘g‘diyona” darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida ham «Qo‘qon-1912»da bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ularni yakunlashda aniqlik yetishmadi. Ikkinchi taym boshida Bahodir Pardayev himoyachining xatosidan unumli foydalanib, hisobni bittaga oshirdi. Aleksandr Merzlyakovning to‘p oshiririshidan keyin Nosir Otaqo‘ziyev boshi bilan raqib darvozani aniq nishonga olib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Oradan biroz o‘tib, Suhrob Berdiyevning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Otaqo‘ziyev yetib keldi va jizzaxliklar posbonini ojiz qoldirdi.

Goldan keyin katta kuch bilan hujumga otlangan “So‘g‘diyona” futbolchilari penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Ammo Aziz Ashurov mahorat ko‘rsatib, penaltini qaytardi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida «Qo‘qon-1912» raqib darvozasini beshinchi bor aniq nishonga olishdi. Bu safar gol muallifi Bahodir Pardayev bo‘ldi.

Nazorat uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 5:0 (1:0)
Gollar: Jalil Kimsanov, Bahodir Pardayev 2 ta , Nosir Otaqo‘ziyev 2 ta.
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 20. Ruslan Melziddinov, 29. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 90. Suhrob Berdiyev, 99. Bahodir Pardayev.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 75. Ibrohim Rahimov, 22. Orif Mamajonov, 49. Shohruh Xolmatov, 28. Avaz Mamatxo‘jayev.
“So‘g‘diyona”: Karim Muhammedov, Azamat Isroilov, Elyor Oripov, Rustam A’zamov, Omonjon Xalilov, G‘ulom O‘runov, Sunatilla Mamadaliyev, Akmal Xolmatov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Alisher Mahmudov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 14:24, 13.02.2017.
O'qildi: 4539 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.