«Sent-Etyen» himoyachisi Florenten Pogba Yevropa ligasining 1/16 finalidan o‘rin olgan, ukasi Pol to‘p surayotgan «MYU» klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrini bildirdi.
«Pol bilan ikkalamizning ishtiyoqimiz kuchli. U ham, men ham bu bahsni kutmoqdamiz. Agar u mendan o‘zib ketmoqchi bo‘lib yugursa, chalib yiqitish kerak bo‘lsa, yiqitaman. Unga jarohat yetkazmoqchimasman. Biroq to‘xtatib qolish uchun qoida buzishga to‘g‘ri kelsa, buzaveraman» - dedi katta Pogba.