Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonda zamonaviy beshkurash federasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda zamonaviy beshkurash federasiyasi tashkil etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

Federasiyaning «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Real Expert Pharm direktori Farrux Fazliyev yangi tashkil etilgan federasiya prezidenti etib saylandi.

Zamonaviy beshkurashda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, o‘q otish, yugurish va suzish bo‘yicha bellashadi.

Mart-aprel oylarida zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, uning yakunlariga ko‘ra mazkur sport turi bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoasi shakllantiriladi.

Federasiya xalqaro birinchilik va musobaqalarda ishtirok etish uchun Xalqaro zamonaviy beshkurash kengashiga a’zo bo‘lishni mo‘ljallamoqda.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 20:48, 13.02.2017.
O'qildi: 6420 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик