Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

YECHL nimchorakfinali. "Bavariya" - "Arsenal". Prevyu

YECHL nimchorakfinali. "Bavariya" - "Arsenal". Prevyu

Baho:
+ | -

 

 

 

 

Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Arsenal" o‘yini prevyusi.

“BAVARIYA”

Karlo Anchelotti shogirdlari mazkur o‘yinga bundesligada “Ingolshtadt”ni 2:0 hisobida taslim etib yaxshi kayfiyatda tashrif buyurishmoqda. Endilikda ichki chempionatda eng yaqin taqibchi “Leypsig” bilan oradagi farq 7taga yetdi va myunxenliklar navbatdagi chempionlik sari dadil qadam tashlashmoqda. 20-turdagi g‘alaba “Bavariya” uchun so‘nggi 11ta uchrashuvda 10chisi bo‘ldi. Mazkur klub so‘ngi marotaba “Rostov”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. “Qizil mashina”ning uy uchrashuvlaridagi statistikasi esa undan ham yaxshi. “Bavariya” o‘tgan yilning mart oyidan buyon mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelmoqda va o‘tkazilgan 24ta uchrashuvning 19tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Yevrokuboklarda esa myunxenliklar o‘z maydonlarida 15ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lishmagan va umumiy 51ta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 3,4ta gol demakdir. 15-fevral sanasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda murabbiy Frank Riberi, Jerom Boateng va Kingsli Koman hizmatlaridan foydalana olmaydi.

“ARSENAL”

“Arsenal” mazkur o‘yinga yaxshi kayfiyatda kelmoqda deyish qiyin. Londonliklar garchand so‘nggi turda “Xall Siti”ni mag‘lub eta olishgan bo‘lishsada o‘yin borasida holatlari ko‘ngildagidek emas. So‘nggi g‘alabadan oldin esa Arsen Venger shogirdlari “Uotford” va “Chelsi”ga imkoniyatni boy berishdi. Chempionlar ligasiga kelsak “Arsenal” A guruhida 6ta uchrashuvdan 4tasida g‘alaba qozonib 1-o‘rinda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan hamda 18ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Aliyans Arena”da kechadigan o‘yinda Arsen Venger Santi Kasorla, Aaron Remsi va Yaya Sanogo hizmatidan foydalana olmaydi.

“BAVARIYA” – “ARSENAL”
15-fevral. Myunxen. Stadion “Alyans Arena”

O‘zaro uchrashuvlar: 10ta
G‘alabalar: Bavariya – 5ta, Arsenal – 2ta, 2ta durrang.
Gollar: Bavariya – 17ta, Arsenal – 11ta.
Eng yirik g‘alabalar: 5:1 – Bavariya, 2:0 – Arsenal.

So‘nggi uchrashuvlar:
04.11.2015: (F guruhi) Bavariya – Arsenal – 5:1
20.10.2015: (F guruhi) Arsenal – Bavariya – 2:0
11.03.2014: (1/8 final) Bavariya – Arsenal – 1:1
19.02.2014: (1/8 final) Arsenal – Bavariya – 0:2
13.03.2013: (1/8 final) Bavariya – Arsenal – 0:2
19.02.2013: (1/8 final) Arsenal – Bavariya – 1:3
09.03.2005: (1/8 final) Arsenal – Bavariya – 1:0
22.02.2005: (1/8 final) Bavariya – Arsenal – 3:1

“Bavariya” va “Arsenal” jamoalari uchrashuvini UZREPORT telekanalida 15-fevraldan 16-fevralga o‘tar kechasi soat 00:30dan boshlab jonli efirda kuzatib boring.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:46, 14.02.2017.
O'qildi: 4352 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.