Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro jang bo‘yicha kelishib oldi

Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘zaro jang bo‘yicha kelishib oldi

Baho:
+ | -

Aralash janglar san’ati (MMA) jangchisi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer o‘zaro jang borasida kelishib oldi. Bu haqda The Irish Sun gazetasiga asoslanib, «Kommersant.ru» xabar bermoqda.

Bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar «jang o‘tkazish bo‘yicha ko‘p millionli kelishuvga erishdi». Kelishuv hozircha rasman imzolanmadi, ammo jang muddati ikki hafta ichida ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar UFC chempioni bokschilik lisenziyasini olganidan keyin paydo bo‘ldi. Irlandiyalik jangchi Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olish istagini bildirgandi.

Keyinroq Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Meyvezer va Makgregor jangi uchun har ikki sportchiga 25 million dollardan to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi, biroq har ikki sportchi taklifni jiddiy qabul qilmadi. Shundan so‘ng Dana Uayt mazkur bellashuv irlandiyalik jangchining UFC bilan shartnomasi yakuniga yetsagina bo‘lib o‘tishini aytdi.

Ma’lum muddat o‘tgach, Meyvezerning azaliy raqiblaridan biri — Menni Pakyao irlandiyalik bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Meyvezer – Makgregor dramasidan charchagan «MYU» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich esa ularning har ikkisi bilan jang qilib, to‘g‘ri shifoxonaga yuborishga va’da berdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Makgregor faoliyatini 2008 yilda boshlagan. Shu vaqtgacha u 23 ta jang o‘tkazib, 20 tasida (17 tasida nokaut bilan) zafar quchgan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Irlandiyalik ikki (engil va yarim yengil) vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchi sifatida tan olindi. Keyinroq u yarim yengil vaznda chempionlik kamaridan mahrum etilgandi.

2015 yili bokschilik faoliyatini tugatgan 39 yoshli Floyd Meyvezer professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. U beshta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:25, 15.02.2017.
O'qildi: 8482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.