Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

"Olmaliq" Ukraina klubi bilan durang o‘ynadi

"Olmaliq" Ukraina klubi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Olmaliq" navbatdagi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Ukrainaning "Vorskla" jamoasiga qarshi uchrashuv ancha qiziqarli va shiddatli tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa ochiq futbol namoyish etganligi bois, 90 daqiqa davomida maydonda keskin vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Hakam o‘yin davomida har ikki jamoa darvozasiga penalti belgilaganligi ham so‘zimizni tasdiqlaydi.

9-daqiqada raqiblar penaltidan unumli foydalana olishmagan bo‘lsa, 45-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev jarimani golga aylantirdi. "Vorskla" futbolchisi tepgan to‘pni Akbar To‘rayev ushlab oldi.

Uchrashuvda dastlabki golni poltavaliklar urdi. 30-daqiqada "Olmaliq" burchakdan oshirib berilgan to‘pdan so‘ng raqibning darvozani ishg‘ol etishiga qarshilik ko‘rsata olmadi.

Birinchi taymning oxirida "Olmaliq" penaltidan hisobni tenglashtirdik. Ikkinchi taymda ustunlik to‘lig‘icha "Olmaliq" tarafida bo‘ldi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilarga aniqlik yetishmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 14 fevral.
Side shahri. "Kamilya" mehmonxonasi futbol maydoni.
"Olmaliq" - "Vorskla" 1:1
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 45 penaltidan - Vyacheslav Sharpar 30.
Amalga oshirilmagan penalti: Dmitriy Xlyobas 9 (darvozabon)

"Olmaliq": To‘rayev, Inomov, Mullajonov, Kasminin, Berdimurodov, Usmonov, Grigalashvili, Isayev, Yelich, Rahmatullayev, O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muxtorov, Suyunov, G‘ulomov, Pasichnik, Klishin, Jo‘rayev, Hojiakbarov.

"Vorskla" tarkibi: Sarnavskiy, Rebenok, Perduta, Chesnakov, Ostapenko, Kravchenko, Tkachuk, Myakushko, Odaryuk, Xlyobas, Sharpar.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zarichnyuk, Zagorulko, Matveev, Kunev, Kvasniy, Sakiv, Tishenko, Melnik, Shapoval, Udod, Dallku, Sapay.

Hakamlar: Lesiv Stanislav, Filipchuk Yevgeniy, Koshkarov Serik. Zaxira hakami Tevyashov Denis (barchasi - Qozog‘istondan). 

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 12:26, 15.02.2017.
O'qildi: 4555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.