Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

YECHL. «Bavariya» — «Arsenal». Prevyu

YECHL. «Bavariya» — «Arsenal». Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun tunda, Chempionlar ligasining nimchorakfinalida «Bavariya» - «Arsenal» o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Qiziqarli faktlar:

- «Arsenal» Chempionlar ligasining so‘nggi olti mavsumidan buyon 1/8 finaldan o‘ta olmaydi.

- «Bavariya» esa ketma-ket besh bor chorak finalga qadar yetib kelgan.

- Mazkur bosqichda «Bavariya» «Arsenal»ni uch bor turnirdan chiqarib yuborgan: 2005, 2013, 2014.

- «Bavariya» o‘z maydonida Chempionlar ligasining ketma-ket 15 o‘yinidan buyon zafar quchib kelmoqda.

- Germaniyalik Mesut O‘zil «Bavariya»ga qarshi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Taxminiy tarkiblar

«Bavariya»: Noyer — Lam, Martines, Hummels, Alaba, Alonso, Alkantara, Vidal, Kosta, Robben, Levandovski.

«Arsenal»: Ospina — Belyerin, Koselni, Mustafi, Monreal, Elneni, Koklen, Oksleyd-CHemberlen, O‘zil, Sanches, Uelbek.

Bugungi uchrashuvda «Bavariya»ga Boateng, Riberi, Xabi Alonso kabi futbolchilar yordam bera olmasligi mumkin. Londonliklar safida esa katta ehtimol bilan Remzi, Kasorla kabi futbolchilar ishtirok etmaydi.

Murabbiylar

«Chempionlar ligasida zafar quchish uchun birinchi navbatda harakter va omad kerak. Undan ham oldinroq mardlik darkor. Biz iloji boricha gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz. To‘pni nazorat qilishni istaymiz. «Arsenal»da esa qarshi hujumda yaxshi harakat qiladigan tezkor futbolchilar bor. Arsen Venger — tajribali mutaxassis. Uning o‘z uslubi bor va jamoasi a’lo darajada to‘p suradi. Vengerga nisbatan hurmatim cheksiz. Biz mayonda «Arsenal»ning ishini qiyinlashtirib tashlashimiz kerak» - Karlo Anchelotti, «Bavariya» bosh murabbiyi.

«Biz «Bavariya»ga qarshi so‘nggi o‘yinni unutib, ertangi bahsga tayyorlanishimiz kerak. Biz ular bilan har yili o‘ynaymiz va ularning qarshisida chempion bo‘lish vazifasi turadi. Bizga omad kulib boqishi mumkin, javob o‘yinini o‘z uyimizda o‘tkazamiz. Biroq bu holat ertangi yomon o‘yinimizdan keyin yo‘qqa chiqib ketishi ham mumkin. «Bavariya» ustunlikni o‘z qo‘liga olishga harakat qilishini kutyapman. Ular to‘pni nazorat qiladi va tezkor hujum qilishga urinadi. Darvozada David Ospina turadi. Uning aniq o‘yinlari sabab biz guruhni muvaffaqiyatli yakunlay oldik» - Arsen Venger, «Arsenal» bosh murabbiyi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:03, 15.02.2017.
O'qildi: 5720 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.