Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Akmal Rahimov: «Hakamlik men uchun ota kasb»

Akmal Rahimov: «Hakamlik men uchun ota kasb»

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori hakamlarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Ayniqsa, Ravshan Ermatovning xalqaro maydonlarda erishgan muvaffaqiyati shundan dalolat bermoqda. O‘z navbatida, bu kabi yutuqlar ko‘plab yoshlarni ushbu kasbni tanlashga undamoqda. O‘FF qoshida faoliyat yuritayotgan Hakamlarni tayyorlash maktabi esa mazkur jarayonda haqiqiy ko‘makchiga aylanmoqda. Iste’dodli hakamlarimizdan biri Akmal Rahimov yosh bo‘lishiga qaramay, shu kungacha Angliya, Ispaniya kabi futboli san’at darajasiga chiqqan mamlakatlarda malaka oshirib qaytdi. U FIFA seminarlarida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Yaqinda O‘FF tashkil etgan yig‘inda ham Akmal munosib tarzda ishtirok etdi. Biz seminar yakunida birinchi toifali yosh referidan intervyu oldik.

- Yig‘in va seminar qanday o‘tdi?

- Barchasi yuqori saviyada tashkil etildi. Dastlab hakamlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, keyin jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha fitnes-test topshirdik. Hakamlik amaliyoti bo‘yicha esa imtihonlardan o‘tdik. Mazkur yig‘in va seminar Chig‘atoy bazasida bo‘lib o‘tib, uni tajribali hakamlarimiz olib borishdi. O‘zimga kelsam, amaliy mashg‘ulot doirasiga kiritilgan «Bunyodkor»- «Qi-zilqum» uchrashuvi(2:0)da hakamlik qildim.

- Futbol qoidalari bo‘yicha kiritilgan yangi o‘zgarishlar nimalardan iborat bo‘ldi?

- Masalan, o‘yin starti va goldan keyingi holatda maydon markazida to‘pni istalgan tomonga tepib, uchrashuvni boshlash mumkin. Agar o‘yinchi jarohatlanganda, unga qo‘pollik ishlatgan raqibi sariq yoki qizil kartochkaga loyiq ko‘rilsa, lat yegan futbolchiga maydonning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

- Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha fitnes-test normativlarida o‘zgarishlar bormi?

- Albatta. Misol uchun, 75 metr masofani kamida 15 soniya ichida bosib o‘tishimiz shart. 25 metr masofani erkin yurish holatida bosib o‘tish uchun esa 20 soniya vaqt beriladi. Keyin 40 metrga 6 marta tezlikni oshirgan holda yuguriladi. Uning har biriga 6 soniya vaqt beriladi. Shuningdek, maydon atrofida ham kross yugurishlarimiz bor.

- Mavsumga tayyorgarlikning qolgan qismi qanday o‘tkaziladi?

- Umumiy seminar va mashg‘ulotlardan tashqari o‘zim individual tarzda shug‘ullanaman. Faqat yakshanba dam olish kuni sifatida belgilangan. Bir haftada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini boshqaraman.

- FIFA tashabbusi bilan Angliya va Ispaniyada tashkil etilgan seminarlarda malaka oshirdingiz. Shu haqda ham ma’lumot bersangiz.

- OFKning yosh hakamlar uchun mo‘ljallangan dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus imtihonlardan so‘ng saralanib olingandim. Buning natijasida ikki yil davomida seminarlarda qatnashdim. OFK 6 nafar yosh hakamni Angliyaga yubordi, ular orasida men ham bor edim. Angliya premyer-ligasi hakamlari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdik. Yig‘in yakunida imtihon topshirdik. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha fitnes-testdan o‘tdik. Bundan tashqari, o‘tgan yili Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda hakamlik qildim. Yoshlar o‘rtasidagi bu musobaqada AQSH, Gollandiya, Braziliya, Argentina, Irlandiya, Ispaniya, Angliya hamda Ukraina davlatlaridan jamoalar ishtirok etishdi.

- Umuman, sizda hakamlikka qiziqish qachon va qanday paydo bo‘lgan? Bu sohada kimlarga havas qilasiz?

- 2007 yili dadamning maslahatlari bilan hakamlikka kirib keldim. Yoshlikda futbolchi bo‘lish orzusi bor edi, lekin hamma ham bu yo‘lda o‘sishga erishavermas ekan. Keyinchalik o‘yinlarni boshqargach, ushbu sohaga qiziqish paydo bo‘ldi. Otam Islom Rahimov ham o‘z vaqtida hakamlik qilganlar. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu men uchun ota kasb. Ravshan Ermatov ustozim bo‘ladilar. Ulardek muvaffaqiyat qozonishni niyat qilganman. Va albatta, eng katta orzum - jahon chempionatiga borish. Hali oliy ligada ishlash nasib qilmadi. Bu yildan umidim katta. Shu kungacha birinchi liga hamda Yoshlar ligasi o‘yinlarida bosh hakam vazifasini bajardim. Elita jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini ham boshqarganman.

- Zamonaviy futbolda sodir bo‘layotgan yangiliklarga munosabatingiz qanday? Golni aniqlash texnologiyasi, videotakrorlar...

- Bularning bari millionlar o‘yini uchun foydali. Chunki hozir futbol juda ham tezlashib ketgan. To‘p qandaydir soniyalar ichida maydonning narigi qismiga yetib bor-yapti. Mazkur o‘zgarishlar hakamlarning ishini ancha yengillashtiradi. Golni aniqlash tizimini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, u xolis javob berishda asqotmoqda. Videotakrorlar ham foyda keltirishi aniq.

- Yevropalik hakamlardan qaysi birining o‘yinni boshqarish uslubi yoqadi?

- Mark Klattenburg va Nikola Rissolining mahoratlarini hurmat qilaman. Ulardan nimanidir o‘rganishga intilaman. Angliyadagi seminar va mashg‘ulot chog‘ida Klattenburg bilan uchrashib, suhbatlashganman. Shundan so‘ng bu hakamga bo‘lgan hurmatim yana ham oshgan.

- Hakamlarga oson emas, chunki hammaga birdek yoqish qiyin. Shu haqda ham o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Fikringizga to‘liq qo‘shilaman. Bu juda mas’uliyatli kasb. Chunki birgina xato tufayli jamoa rahbarlari, murabbiylar shtabi va futbolchilarning keyingi faoliyati o‘zgarib ketishi mumkin. Hakam ham inson va u xatodan xoli emas. Maydonga chiqqanimda faqat o‘yinni o‘ylayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:11, 18.02.2017.
O'qildi: 7091 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.