Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Lokomotiv" raqibi "At-Taavun" haqida nimalarni bilamiz?

"Lokomotiv" raqibi "At-Taavun" haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bu mavsum Osiyo chempionlar ligasi musobaqasini safarda "At-Taavun"ga qarshi bahs bilan boshlaydi. "Temiryo‘lchilar" 20 fevral kuni Burayda shahridagi "King Abdullah Sport City Stadium"da Saudiya klubiga qarshi maydonga tushishadi.

OCHL-2017dagi birinchi raqibimiz "At-Taavun" ayni paytda Saudiya Pro-ligasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa o‘tgan mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan. 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Al Ittihod" OFK lisenziyalash tartibidan o‘ta olmagani uchun musobaqadan chetlatilgan va o‘rniga "At-Taavun"ga ishtirok etish ruxsati berilgan.

"At-Taavun" bu yil o‘z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. Jamoa uy uchrashuvlarini Burayda shahridagi "King Abdullah Sport City Stadium"da o‘tkazadi. Stadion sig‘imi 23,600 tomoshabinga mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumdagi to‘rtinchi o‘rin jamoa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

"At-Taavun"ning asosiy futbolchilaridan biri jamoa sardori Jehad Al Husayn hisoblanadi. U klubga 2014 yil "Dubay" jamoasidan kelgan va oxirgi ikki yil ichida eng ko‘p golli to‘p uzatgan futbolchi bo‘lib turibdi. Suriyalik 34 yoshli futbolchi 2002-2011 yillar oralig‘ida Suriya terma jamoasi safida 90ta o‘yinda maydonga tushgan. U katta tajribaga ega futbolchi.

Jamoa himoya chizig‘ida Talab Al Absi katta ishni bajaradi. U 2015 yil "Al Ittihod" klubidan kelib qo‘shilgan. O‘z vaqtida "Ayaks", "Fiorentina" kabi klublarda to‘p tepgan hujumchi Munir El Hamdui esa hujum chizig‘ida eng xavfli futbolchilardan biri hisoblanadi. Marokashlik hujumchi "At-Taavun" tarkibiga Qatarning "Umm Salal" klubidan kelib qo‘shilgan.

Jamoa bosh murabbiyi - Ruminiyalik Konstantin Galsa. 1972 yilda tug‘ilgan ruminiyalik murabbiy o‘z vaqtida Ruminiya U-17 terma jamoasi, "Styaua" (Buxarest) hamda "Espanyol" (Ispaniya) klublarida faoliyat olib borgan. U o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri "At-Taavun"ni boshqarib kelmoqda. Konstantin Galsa 1994 va 1998 yilgi jahon chempionatlarida Ruminiya terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:19, 19.02.2017.
O'qildi: 7087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик