Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alfonso Peres: «Pike Ispaniya uchun o‘ynamoqda, biroq Kataloniyaning mustaqil bo‘lishi tarafdori»

Alfonso Peres: «Pike Ispaniya uchun o‘ynamoqda, biroq Kataloniyaning mustaqil bo‘lishi tarafdori»

Baho:
+ | -

Sobiq futbolchi Alfonso Peres, kataloniyalik futbolchilarning Ispaniya terma jamoasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

«Agar Gvardiola haqiqiy kataloniyalik bo‘lsa, u holda Ispaniya terma jamoasidan ketishi kerak edi. Pike ham shu yo‘ldan bormoqda va haliyam terma jamoada o‘ynamoqda. Ammo vaqti kelib, u ham o‘zini Kataloniya mustaqilligining ashaddiy tarafdori sifatida ko‘rsata boshlaydi. Gvardiola ham shunaqa edi.

Men kataloniyaliklarga qarshi emasman, o‘g‘lim ham Barselonada tug‘ilgan. Agar yanada radikal bo‘lganimda, uni Madrid yoki Sevilyada tug‘ilishini ta’minlagan bo‘lardim.

Takrorlayman, men kataloniyaliklarga qarshi emasman, balki Kataloniyaning mustaqilligi tarafdorlariga qarshiman» - dedi Peres.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:41, 19.02.2017.
O'qildi: 6868 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.