Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Qo‘qon-1912" "Sho‘rtan" bilan durang o‘ynadi

"Qo‘qon-1912" "Sho‘rtan" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912» bugun G‘uzorning “Sho‘rtan” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Murabbiylar “Qizilqum”ga qarshi bahsda o‘ynamagan futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushirishdi.

O‘yinni qo‘qonliklar faol tarzda boshladi. 4-daqiqada Filip Rayevas - Muhammadanas Hasanov kombinasiyasi chiroyli chiqdi. Biroq yakuniy zarbaga aniqlik yetishmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, o‘yinda hisob ochildi. Sobir Hamidov ijrosidagi zarba chiroyli golga aylandi. U taxminan 20 metrlardan yo‘llagan zarbasi bilan darvoza to‘qqizligini aniq nishonga oldi.

Goldan keyin g‘uzorliklar hujumga zo‘r berishdi. 11-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqib, kuchli zarba yo‘lladi. Ribkin mahorat ko‘rsatib to‘pni qaytarib qoldi.

21-daqiqada Akmal Xolmatov mahorati evaziga hisob tenglashdi. 37-daqiqada «Qo‘qon-1912» darvozasiga penalti belgilandi. Uni Eldor Boymatov aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Filip Rayevas hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni «Qo‘qon-1912» shiddatli tarzda boshladi. 52-daqiqada Muhammadanas Hasanov indivudial mahorati evaziga darvozabon bilan birga-bir chiqdi. Ammo uning zarbasi noaniq bo‘ldi. 76-daqiqada g‘uzorliklar uchinchi golni kiritishi mumkin edi. Ammo Ma’ruf Murodov ikki metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi.

84-daqiqada Andrey Sidorov hisobni tenglashtirdi. Chap qanotdan jarima zarbasini Sobir Hamidov chiroyli tarzda jarima maydonchasiga uzatib berdi. Sidorov hammadan baland sakrab boshi bilan raqib posbonini ojiz qoldirdi.

Shu tariqa, uchrashuv durang natija bilan intiho topdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Sho‘rtan” - 2:2
Bosh hakam: V. Serazetdinov.
Gollar: Sobir Hamidov-6, Andrey Sidorov-84. – Akmal Xolmatov-21, Eldor Boymatov-37 (pen).
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Oybek Rustamov, 7. Shohruh Xolmatov, 8. Filip Rayevas, 17. Andrey Sidorov, 19. Muhammadanas Hasanov, 22. Orif Mamajonov, 25. Iqbol Malikjonov, 28. Avaz Mamatxo‘jayev, 31. Suhrob Rahmonov, 70. Sobir Hamidov.
Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 11. Akmal Xolmurodov, 23. Bahodir Akramov, 24. Ibrohim Rahimov, 33. Suhrob Berdiyev, 75. Sherzod Alijonov.
“Sho‘rtan”: Eldor Tojiboyev, Obid Jo‘raboyev, Umar Eshmurodov, Siroj Hamroyev, Jahongir Jiyanmurodov, Ruslan Vagapov, Saidkamol Akbarov, Sardor Sobirxo‘jayev, Eldor Boymatov, Akmal Xolmatov, Qadamboy Nurmetov.
Zaxira: Otabek Narzullayev, Igor Taran, Jamol Otaqulov, Ma’ruf Murodov, Olim Karimov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:31, 19.02.2017.
O'qildi: 4711 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.