Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Barselona» inqirozdan chiqib keta olmayapti

«Barselona» inqirozdan chiqib keta olmayapti

Baho:
+ | -

"PSJ"ga qarshi o‘yinda qabul qilingan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin "Barselona" futbolchilari ruhiy jihatdan o‘zlariga kela olishmayapti. "Leganes"ga qarshi bo‘lib o‘tgan La liganing 23-tur bahsi buni ko‘rsatib berdi.

Kataloniyalar 4-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Neymar-Suares-Messi kombinasiyasidan keyin Lionel yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng bahs "ko‘k-anorranglilar"ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlanadigandek fikr uyg‘ondi. Ammo, aksincha, shundoq ham ruhan g‘amgin bo‘lgan "Barselona" futbolchilari xotirjamlikka berilishdi. Enrike va o‘yinchilar bitta gol farqidagi ustunlik juda qaltis ekanini tushunishmadi.

Mezbonlar tomonidan yaratilgan kam sonli hujumlar golga aylantirilmadi. "Leganes" esa imkon tug‘ilishi bilan oldinga intila boshladi. Bir nechta vaziyatda ter Shtegen jamoasini qiyin vaziyatlarda qutqardi.

O‘yinning 71-daqiqasiga kelib, mehmonlar Serxio Robertoni xato qilishga majbur qilishdi va Unay Lopes 16 metrdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng "Barsa" futbolchilari jonlanib qolishdi, murabbiy markazni kuchaytirish uchun 3ta o‘zgarishni amalga oshirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Neymarning faolligi evaziga maydon egalari penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Messi kuchli zarba bilan darvozga to‘pni joyladi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda "Leganes" futbolchisi Nabiyl el-Jar jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qilishiga bir baxya qoldi. To‘p yo‘nalishi biroz noaniq bo‘ldi.

Agar "Barselona" bugun ochko yo‘qotganida La ligada chempionlik uchun intriga butunlay "o‘lgan" bo‘lardi. "Ko‘k-anorranglilar" qayta tiklanishi uchun futbolchilarda shiddat va kuchli istak uyg‘onishi kerak. Futbolchilarni murabbiy uyg‘otishi lozim.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Barselona – Leganes 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Messi, 1:1 – 71 Lopes, 2:1 – 90, penalti Messi.
Barselona – ter Shtegen, MatYE, Umtiti, Din (Alba, 81), Serdji Roberto, Rakitich, Andre Gomesh (Inyesta, 80), Rafinya (Denis Suares, 80), Neymar, Messi, Suares.
Leganes – Yago Errerin, Mantovani, Riko, Tito, Siovas (Insua, 87), Pires, Moran (Lopes, 65), Shimanovski (Machis, 70), Adames, El-Jar, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Suares (46), Mantovani (55), Siovas (87), Adames (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:42, 20.02.2017.
O'qildi: 18527 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.