Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Bahodir Nasimov: «Koreyslar taklifi jiddiyroq edi»

Bahodir Nasimov: «Koreyslar taklifi jiddiyroq edi»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ning sobiq hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini yana xorijda davom ettiradi.

Futbolchi Janubiy Koreyaning «Ansan Griners» klubi bilan shartnoma imzoladi. Qolaversa, hamyurtimiz «Ansan Griners» safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik hisobdagi g‘alaba (4:0)ga 2ta goli bilan munosib hissa qo‘shdi. Shu tariqa, murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirgan hujumchimiz yakunda koreys klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi. Nasimov hujjatlarni rasmiylashtirib, yurtimizga qaytganidan so‘ng muxbirimiz undan safar taassurotlari haqida so‘zlab berishini so‘radi.

«Bunyodkor»dan ketish va takliflar

- O‘tgan yilning 31 dekabr kuni «Bunyodkor» klubi bilan tuzilgan shartnomam o‘z kuchini yo‘qotdi, - deya so‘z boshladi Nasimov. - Kelishuvga muvofiq, «qaldirg‘ochlar» tarkibida bir yil to‘p surishim lozim edi. O‘ylaymanki, o‘tgan vaqt ichida klub manfaati uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni bajardim. Aslini olganda, «Bunyodkor»da qolishim ham mumkin edi. Lekin mavsum yakunlangach, manzilimga xorij klublaridan bir emas, bir nechta takliflar kelib tushdi. Lekin ularning aksariyati jiddiy emasdi. Shu bois, Koreya klubidan bo‘lgan aniq taklifni qabul qildim. To‘g‘risini aytsam, legioner sifatida xorij klublarida o‘ynashning gashti boshqacha, baribir.

«Ansan Griners»ga kelsak, Koreya­ning bu klubi bir yarim oy avval menga qiziqish bildirgandi. E’tiborlisi, koreyslar hech qanday ko‘riksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma taklif qilishdi. Aniqroq aytganda, taklifdan so‘ng Koreyaga borib, bitta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. Bu o‘yinda jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozondi, men esa gollarning ikkitasiga mualliflik qildim. Shundan so‘ng «Ansan Griners» vakillari kelishuvni rasmiylashtirishga qaror qilishdi.

Transfer tafsilotlari

- Koreys klubi men bilan agent vositasida aloqagacha chiqdi. Bosh­qacha aytsak, transfer ularning agenti tashabbusi orqali amalga oshdi. Kelishuvimiz ikki yilga mo‘ljallangan. Agar jamoa «K»-ligasiga chiqsa, shartnoma bandida ko‘rsatilgan qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘laman. Tabiiyki, bunga moliyaviy shart­lar ham kiradi. Bir so‘z bilan aytganda, shart­noma bandlaridan ko‘nglim to‘q. «Ansan Griners»­ning taklifi meni shunisi bilan o‘ziga tortdiki, ochig‘ini aytganda, Janubiy Koreya chempionatining saviyasi biznikidan ancha yuqori. Terma jamoa­si ham kuchli. Futbolchilari Yevropaning ko‘zga ko‘ringan klublarida to‘p tepishyapti. Yangi klubim oldiga kuchlilar safiga qaytish vazifasi qo‘­yilgan. Umid qilamanki, bu vazifani uddalaymiz.

Ansandagi o‘zbeklar

- Ansandan Seulgacha mashinada 30 daqiqalik yo‘l ekan. Boz ustiga, shaharda o‘zbeklar juda ko‘p. Xullas, bu yerda o‘zimni begonadek his qilmayapman. Lekin ayni paytda biz jamoa bilan boshqa shaharda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazyapmiz. Butun jamoa mehmonxonada yashayapti. 23 fevralda Ansanga qaytamiz. Shartnomaga binoan, shahardan menga alohida uy va mashina berishlari kerak. Aytgancha, yangi jamoamda hali o‘zimga raqam tanlamadim. Ansanga borganimizdan ke­yin taqdimot marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu marosim o‘tganidan so‘ng, aniqrog‘i, 4 mart kunidan boshlab, K Challenge league deb nomlangan chempionatga start beriladi.

Dastlabki taassurotlar

- Hali rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan bo‘lsam-da, chempionatining kuchli ekanligiga ishonchim komil. Buni mashg‘ulotlardan ham bilib olsa bo‘ladi. Koreyaliklar mashg‘ulotlarda juda ko‘p yugurishar ekan. Kross - yugurishlar mashg‘ulotning katta qismini egallaydi. Mashg‘ulotning o‘zi ikki yarim soatga yaqin davom etyapti. Bilasiz, oliy ligamizdagi klublarlarda nari borsa, bir yarim soat mash­g‘ulot o‘tkaziladi. Bejizga koreya­lik futbolchilar 90 daqiqa maydonda bir maromda o‘ynamas ekan. Jismoniy holatga e’tibor juda katta. Uncha-buncha futbolchi jismoniy yuklamalarni ko‘tara olmaydi.

Klubda mendan tashqari yana uch nafar legioner bor. Ular Braziliya, Urugvay va Chernogoriya mamlakatlaridan.

Vazifalar

- Bilasizmi, «Ansan Griners» klubi o‘tgan yili ham ligada 1-o‘rinni egallagan ekan. Lekin jamoaning nomi «Ansan Police» bo‘lgani uchun ularga K-ligada ishtirok etishga ruxsat berilmagan. Shundan so‘ng klubning nomi «Ansan Griners»ga o‘zgartirilgan. Darvoqe, o‘tgan yili klub tashkil etilganining 20 yilligi keng nishonlanibdi. O‘zaro munosabatlarga kelsak, bosh murabbiy bilan tezda chiqishib ketdik. U bizdan nima talab qilinishini juda yaxshi tushuntiryapti. Til masalasida qiyinchilik yo‘q. Bu yerda menga maxsus tarjimon biriktirilgan. Uning yordamida barcha bilan aloqalarni mustahkamlayapman. Maqsadim - «Ansan»ni «K»-ligasiga olib chiqish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:49, 20.02.2017.
O'qildi: 11337 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.