"PSJ" yarimhimoyachisi Blez Matyuidi "Barselona" yulduzi Andres Inyesta bilan bo‘lib o‘tgan qiziq suhbatini ma’lum qildi.
Suhbat YECHL 1/8 finalida ushbu jamoalarning to‘qnashuvi vaqtida bo‘lib o‘tgan va parijliklar yarimhimoyachisi Verratti haqida bo‘lgan.
"O‘yindagi vaziyatlarning birida Verratti maydonda yotgan vaqtda men Inyestaga uni o‘rinbosari ekanini aytdim. Inyesta ham xuddi shunday o‘ylashini aytdi. Inyesta - ekstraordinar o‘yinchi. Uning yoshi ulug‘roq, ammo maydonda munosib o‘ynamoqda. U jarohatidan qutildi va endi yaxshi hafsalada o‘ynaydi", - deydi Matyuidi.