Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Uli Shtilike: «O‘zbekiston safariga qadar JCH yo‘llanmasini naqd qilishimiz kerak»

Uli Shtilike: «O‘zbekiston safariga qadar JCH yo‘llanmasini naqd qilishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Bugun Janubiy Koreya terma jamoasining germaniyalik bosh murabbiyi Uli Shtilike o‘z dam olish muddatini yakunlab, Germaniyadan Seulga yetib keldi. U Inchon aeroportida koreys OAVlariga intervyu berdi.

Dastlab koreyslar 23 mart kuni Xitoyga safar qilishadi. Ushbu o‘yinda Angliya premyer-ligasida to‘p suruvchi Ki Song Yong (“Suonsi”) va Son Xeung Min (“Tottenhem”) terma jamoaga yordam bera olmaydi. Bu muammoni qanday hal qilishiga qiziqqan koreys nashrlariga nemis mutahassisi shunday javob berdi:

“Men doim aytganman: o‘yinga tusha olmaydigan futbolchilarni eslab, afsuslanishdan ko‘ra o‘yinga chanqoq futbolchilarni tayyorlashni o‘ylash kerak. Qo‘l ostimdagi bor futbolchilarni “jang”ga tayyorlayman. Bizda ruhiy ustunlik bor. Jarohat olganlar ham safimizga qaytib qolar. Xitoy safari og‘ir kechishini bilaman. Ammo men shogirdlarimga ishonaman. 2 yildan beri terma jamoada ishonch bilan boshqaryapman. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi”.

Terma jamoaning keyingi o‘yinlari haqida fikr bildirarkan Uli Shtilike shunday dedi:

“Mening jamoam har qanday o‘yinga 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun tushadi. Shu vaqtga qadar oson erishgan g‘alabamiz yo‘q. Guruhimizdagi boshqa jamoalar ham shunday qiyin o‘yinlar o‘tkazmoqda. Lekin O‘zbekistonga qarshi o‘tadigan guruhdagi so‘nggi o‘yinga qadar JCH yo‘llanmasini naqd qilishni rejalashtiryapmiz. Men bu yil ham terma jamoa bilan ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun qaytib keldim. Har gal Koreyaga kelganimda o‘zimda yangi rejalar paydo bo‘ladi va men ushbu niyatlarimga erishish umididaman”.

Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:00, 20.02.2017.
O'qildi: 17062 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.