«Hokim kubogi-2017» turnirining «V» guruhida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan turda birinchi liga vakili «Xotira-79» jamoasini mag‘lub etgan «Andijon-BO‘FM» bu safar yanada tajribali o‘yinchilarga ega bo‘lgan «Istiqlol» bilan to‘qnash keldi.
Tarkibida birinchi liga toifasida tajribali bo‘lgan ko‘plab o‘yinchilarga ega bo‘lgan Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasi andijonliklarga qarshi bahsda aynan tajriba evaziga g‘alaba qozondi deyish mumkin. Boisi yosh andijonliklarda garchi ishtiyoq yuqori bo‘lsada tajribaning kamligi biroz pand berdi.
Darvoqe, «Andijon-BO‘FM» ustozi Muhammadrasul To‘xtasinov bugungi uchrashuvda tarkibda ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Xususan professional futbolni yakunlab, so‘nggi yillarda bolalar futbolida murabbiylik qilib kelayotgan Azamat Isayev shu kuni boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi. Aytish lozimki, markaziy himoyada Isayev yoshlarga o‘rnak ko‘rsatib, o‘yinni nazorat qilib bordi.
Uning yonida esa «Andijon» safida o‘ynab kelayotgan Ahror O‘ktamov xarakat qildi.
Birinchi bo‘limda farg‘onaliklar ikki bor «Andijon-BO‘FM» darvozasini aniq nishonga oldi. Avvaliga Davlatbek Yorbekov so‘ngra Hoshimboy Shokirov aniq va kuchli zarbasi bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuni aytib o‘tish lozimi, «Andijon-BO‘FM»ning yosh darvozaboniga tajriba yetishmasligi qimmatga tushdi. U o‘z darvozasidan ikkita to‘p o‘tkazib yuborgach, ruhan «sinib» qoldi.
Natijada murabbiylar yanada yoshroq bo‘lgan posbonga ishonch bildirdi. Birinchi bo‘limda o‘yin nazorati asosan mehmonlar tomonida bo‘ldi.
Ikkinchi taymni esa andijonliklar hujumkor ruhda boshlashga urindi. Hisobni qisqartirish uchun mehmonlar jarima maydoni ichida bir qancha havfli vaziyatlarni sodir etgan bo‘lsada, futbolchilarga sovuqqonlik yetishmadi.
Aksincha ikkinchi bo‘limni xotirjam tarzda boshlagan farg‘onaliklar to‘pni o‘zida nazorat qilgan xolda, imkon bo‘ldi deguncha hujumga o‘tib turdi. Vaziyatlarning birida Sharif Mirzayev uchinchi to‘pni kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. «Istiqlol» hujumchisi burchakdan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llab chiroyli gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa uchrashuv yakuniga yetdi.
18/02/2017
«V» guruhi 2-tur.
«Andijon-BO‘FM» - «Istiqlol» 0:3
Sho‘rbuloq. «FIMI» stadioni.
Hakamlar: Akmal Rahimov, Shoxruh Akromov, Elziyod Isomutdinov.
Gollar: Davlatbek Yorbekov, Hoshimboy Shokirov, Sharif Mirzayev.
«Andijon-BO‘FM»: 16. Mansur Tursunboyev, 3. Azamat Isayev, 5. Farruh Muxtorov, 6. Jahongir Odilov, 8. Dilyor Rasulov (S), 11. O‘lmas Mamadaliyev, 12. Bobur Omonullayev, 14. Madamin Mahmudov, 15. Shoxjahon Raimjonov, 19. Mirzoulug‘bek Husanboyev, 22. Alisher To‘xtasinov.
Zaxira: 30. Omad Xoliqnazarov, 4. Izzat Rustamov, 7. Asad Abdiyev, 17. Xondamir Yuldashev, 18. Muhammadali Maripjonov, 20. Navro‘z Mo‘minov, 25. Solohiddin Jamoldinov.
«Istiqlol»: 89. Doniyor Usmonov, 3. Muhammadsulton Fozilov, 4. Abduxoliq Qurbonov, 5. Bobur Aminjonov, 6. Abdulaziz Jo‘raboyev, 10. Davlatbek Yorbekov, 11. Jamshid Hoshimov, 13. Xayrullo Madaminov, 15. Isroil Muxtoraliyev, 16. Karim Mamadaliyev, 77. Hoshim Shokirov.
Zaxira: 12. Kazbek Ortiqboyev, 8. Alisher Fayzullayev, 9. Sharif Mirzayev, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Habibullo Buvatoyev, 19. Jamxo‘r Abdujalilov, 30. Davron Qoraboyev.