Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

YECHL. «Bayer» – «Atletiko»: nimchorak finalda dejavyu

YECHL. «Bayer» – «Atletiko»: nimchorak finalda dejavyu

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining ikkinchi haftasida – 21 fevral kuni Leverkuzenning «Bayer» klubi Madridning «Atletiko» klubini qabul qiladi. Germaniyaliklarda ikki yil odingi xuddi shu bosqichda ispanlardan uchralgan mag‘lubiyat alamini olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Oldingi o‘yinlar

Jamoalar faqatgina o‘sha 2014/2015 yilgi mavsum nimchorak finalida to‘qnash kelgan bo‘lib, Leverkuzenda kechgan dastlabki o‘yinda mezbonlar Hoqon Chalxano‘g‘luning yagona goli evaziga minimal hisobda zafar quchgan. Javob o‘yinida esa madridliklar Mario Suaresning goli evaziga xuddi shu hisobda g‘alaba qozonib, penaltilar seriyasida ham 3:2 hisobida ustun kelgan edi.

O‘yin atrofidagi faktlar

«E» guruhida «Monako»dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab nimchorak finalga chiqqan «Bayer» shu paytgacha biror marta ushbu bosqichdan o‘ta olmagan. «Atletiko»gacha 2004/2005 yilgi mavsumda «Liverpul», 2011/2012 yilgi mavsumda «Barselona», 2014/2015 yilgi mavsumda esa «PSJ» leverkuzenliklarni chorak finalga o‘tkazmagan. Chempionlar ligasining 2002 yilgi finalida «Real» bilan to‘qnash kelgan «Bayer» chorak finalga boshqa qoida asosisa, ya’ni ikkinchi guruh bosqichidan o‘tib chiqqan edi. Jamoa ispan klublariga qarshi o‘z maydonida 7 g‘alaba, 5 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

O‘tgan mavsumda o‘zining Chempionlar ligasidagi uchinchi finalini boy bergan «Atletiko» esa ushbu mavsumda o‘z tarixida 9-marta chorak finalga chiqishga urinib ko‘radi. O‘tgan mavsum nimchorak finalida madridliklarning «PSV» bilan to‘qnashuvi ikkala bahs ham 0:0 hisobida yakunlangan Chempionlar ligasidagi ilk bahs sifatida tarixda qoldi.

«Atletiko» nemis jamoalariga qarshi 5 g‘alaba, 3 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etgan, mag‘lubiyatlarning 3 tasi Germaniyada qabul qilingan. Pley-off bosqichida esa 7 marta nemis jamoalari to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan. «Matraschilar»ni to‘xtata olgan so‘nggi nemis jamoasi bo‘lmish Drezdenning «Dinamo»si bu ishni 1979/1980 yilgi UYEFA Kubogi birinchi bosqichida uddalagan. 1974 yilgi Chempionlar Kubogi finalida esa «Atletiko» «Bavariya»ga imkoniyatni boy bergan edi.

Tanish chehralar

«Bayer» hujumchisi Xavyer Ernandes «Real» safida 2014/2015 yilgi mavsum chorak finalida «Atletiko» darvozasiga ikkala o‘yinda kiritilgan yagona g‘alaba goli muallifi bo‘lgan. Madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone esa «Lasio» futbolchisi sifatida 1999/2000 yilgi mavsum guruh bosqichida «Bayer» bilan to‘qnash kelib, ikkala o‘yinda ham 1-1 hisobidagi durang qayd etgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:25, 21.02.2017.
O'qildi: 6254 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.