Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Uzreport «Valensiya» – «Real Madrid» o‘yini jonli namoyish etadi

Uzreport «Valensiya» – «Real Madrid» o‘yini jonli namoyish etadi

Baho:
+ | -1

Futbol muxlislari diqqatiga! Avval xabar berganimizdek, 22 fevral kuni UZREPORT TV telekanali soat 22:00da Yevropa Ligasidan o‘rin olgan “Sent-Etyen” – “Manchester Yunayted”, hamda soat 00:45da Chempionlar ligasining “Portu” – “Yuventus” o‘yinlarini jonli efirda namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, shu kuni Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Valensiya” va “Real Madrid” klublari o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yini ham o‘tkaziladi va uning boshlanish vaqti soat 22:45ga belgilangan.

Telekanalimizga muxlislardan kelib tushgan ko‘plab murojatlarda Ispaniya La Ligasining ushbu o‘yinini ham efirga uzatish so‘ralgan. Muxlislar iltimosini inobatga olgan holda, shu kuni UZREPORT TV maxsus futbol marafonini o‘tkazishga qaror qildi.

“Sent-Etyen” – “Manchester Yunayted” uchrashuvining birinchi bo‘limi tugagach, “Valensiya” va “Real Madrid” o‘yini start oladi va biz ikki uchrashuvni onlayn tarzda namoyish qilamiz. Ya’ni, tomoshabinlar ikkala uchrashuvdagi muhim vaziyatlarni jonli efir orqali ko‘rib borishadi.

“Valensiya” va “Real Madrid” uchrashuvi yakuniga yetgach, muxlislar Chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Portu” – “Yuventus” uchrashuvidan jonli efirda bahramand bo‘lishadi.

Bu sa’yi-harakatlar yurtimiz futbol muhlislarining mazkur o‘yinlarga bo‘lgan yuksak qiziqishidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.

UZREPORT TV telekanalini kuzatishda davom eting!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:03, 21.02.2017.
O'qildi: 32274 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик