Turkmaniston terma jamoasining futbolchisi Artur Gevorkyan «Qizilqum» klubi bilan shartnoma tuzdi.
«Nasaf»dagi yorqin faoliyatidan keyin «Lokomotiv»da o‘ynagan turkmanistonlik yarimhimoyachi faoliyatini Navoiy shahri jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.