Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Murod Rajabov: «Serbiya chempionati biznikidan kuchliroq»

Murod Rajabov: «Serbiya chempionati biznikidan kuchliroq»

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Toshkent viloyatining «Olmaliq» klubi Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapti. Viktor Kumikov shogirdlari yig‘in doirasida o‘rtoqlik o‘yinlariga ham e’tibor qaratishyapti. Biz mashg‘ulotlarning navbatdagi kunidan so‘ng olmaliqliklar yarim himoyachisi Murod Rajabovdan intervyu oldik. Bu futbolchi o‘tgan mavsumni Serbiya superligasining «Novi Pazar» jamoasida o‘tkazgandi.

- Murod, Turkiyadagi yig‘in qanday davom etyapti? O‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar haqida nima deya olasiz?

- Rejaga ko‘ra, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jamoa oldiga ulkan vazifalar qo‘yilgan. Shu bois ham ikkita xorij yig‘ini tashkil etildi. Tarkibda yangi futbolchilar ko‘p. Shuning uchun jamoaviy o‘yinni yanada shakllantirish uchun ko‘zga ko‘ringan klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. Ikkinchi yig‘inimizdan o‘rin olgan ilk o‘yinimiz bo‘lib o‘tdi. Unda Ukrainaning kuchli klublaridan hisoblangan «Zarya»ga yutqazib qo‘ydik. Lekin bu bahsda natija birinchi o‘ringa qo‘yilmagan edi.

- Jamoada yangi futbolchilar ko‘p. Ularning bir-birini tushunishi qanday ketyapti?

- Haqiqatan ham, tarkibimizda Akbar To‘rayev, Zabihillo O‘rinboyev, Alibobo Rahmatullayev kabi yangi futbolchilar bor. Shuningdek, bir qator legionerlar ham ko‘rikdan o‘tishyapti. O‘yindan-o‘yinga futbolchilarning bir-birini tushunishi yaxshilanib bormoqda.

- Legionerlar haqida nima deya olasiz?

- Serbiya va gruziyalik futbolchilar jamoamizda ko‘rikda bo‘lib turishibdi. Ular himoya va yarim himoya vakillari. Gruziyalik Shota Grigalashvili o‘tgan yili Pavlodarning «Irtish» klubi tarkibida Qozog‘iston chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan ekan. Tajribali markaziy himoyachi ekanligi ko‘rinib turibdi.

- Xorijlik o‘yinchi mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Hozir ko‘rikdan o‘tayotganlar haqida ham shunday fikr bildirish mumkinmi?

- Legionerlarning o‘ziga yarasha tajribalari bor. Xalqaro o‘yinlarda katta tajriba to‘plashgani bilinib turibdi. Albatta, yakuniy so‘zni baribir, murabbiylar aytishadi.

- Murod, «Olmaliq» jamoasiga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu mutaxassis haqida fikringiz qanday?

- Juda tajribali mutaxassis. Qozog‘iston klubi bilan birga Yevropa Ligasida ishtirok etdi. Talabchan murabbiy. Asosiy e’tiborni hujumga qaratar ekan.

- Jismoniy tayyorgarlik-chi? Berayotgan yuklamalari sizlarga kuchlilik qilmayaptimi?

- Ha, albatta. Jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratadi. Yuklamalarni bajaryapmiz. Serbiyada o‘ynagan paytimda ham murabbiylar kuchli yuklamalarni berishardi. Bu esa chidamlilikni oshirishga xizmat qilardi.

- Serbiya chempionatidagi ishtirokingiz haqida so‘z ochildi. Ayting-chi, bu o‘tish qanday amalga oshgan edi?

- Serbiya superligasida deyarli bir mavsum o‘ynab qaytdim. «Novi Pazar» klubi safida to‘p surdim. Bu o‘tish agentlarimning tavsiyasi bilan amalga oshgandi. 1928 yilda tashkil etilgan mazkur klub boy tarixga ega. 2012 yildan buyon Serbiya superligasida ishtirok etib kelyapti. Men «Yavor» klubida o‘ynayotgan Husniddin g‘ofurovdan so‘ng Serbiya chempionatida to‘p surgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandim.

- Ilk marotaba xorij chempionatida o‘ynadingiz. Taassurotlar o‘zgacha bo‘lsa kerak?

- Albatta. Har bir futbolchining orzusi legioner sifatida xorij chempionatida o‘ynash. Menga ham shunday baxt nasib etganidan xursandman. Serbiyada to‘p surish orqali katta xalqaro tajriba to‘pladim.

- Serbiya chempionati oliy ligamizdan kuchli ekanmi?

- To‘g‘risini aytsam, biroz bo‘lsa-da kuchliroq ekan. Yevropa futboli havosi shundoqqina ufurib turibdi. Serbiyadan ko‘plab mashhur futbolchilar yetishib chiqishgan. Bolalar futboliga e’tibor kuchli. Faqat so‘nggi yillarda jamoalari yevrokuboklarda biroz past natija qayd etyapti. Buning natijasida milliy terma jamoasida ham pasayish kuzatilgan, deb o‘ylayman. Lekin bu vaqtinchalik holat. Serbiya futboli hali o‘zining avvalgi shonli davriga qaytadi. Chunki o‘sib kelayotgan iste’dodli futbolchilar juda ko‘p.

- U yerda qolishingiz mumkinmidi?

- Ha, albatta. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytdim va yana «Olmaliq» safiga qo‘shildim. Bizda ajoyib stadion va shunga monand muxlislarimiz bor. Nasib qilsa, yangi mavsumda ishqibozlarni xushnud etishga astoydil harakat qilamiz.

Kamol NUR suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:44, 22.02.2017.
O'qildi: 13905 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.