Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Portu»: «Yuventus» uchun oson bo‘lmaydigan sinov

«Portu»: «Yuventus» uchun oson bo‘lmaydigan sinov

Baho:
+ | -

22 fevral, Yevropa Chempionlar ligasi 2016/2017 yilgi mavsum nimchorak finali dastlabki o‘yinlarining so‘nggi kunida «Portu» Turinning «Yuventus» klubini qabul qiladi. Ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida g‘oliblikka erisha olgan bu ikki jamoa o‘rtasidagi bahs ham qiziqarli kechishi shubhasiz.

Avvalgi o‘yinlar

Jamoalar bungacha jami uch marta to‘qnash kelgan va «Portu» ularning birortasida g‘alaba qozona olmagan. 1984 yilda Bazelda bo‘lib o‘tgan Kubok egalari kubogi finalida turinliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2001/2002 yilgi mavsum Chempionlar ligasi birinchi guruh bosqichida esa «Yuventus» Turinda 3:1 hisobida ustun klegan bo‘lsa, Portuda hisob ochilmagan.

O‘yin atrofidagi faktlar

Musobaqaning ikki karra g‘olibi «Portu» so‘nggi 3 mavsumda ikkinchi marta pley-off bosqichida ishtirok etmoqda. Ikki yil avval portugaliyaliklar nimchorak finalda «Bazel»ni yengib, chorak finalda «Bavariya»dan yengilgan edi. Ushbu mavsumda esa guruh bosqichida jamoa o‘z maydonida 7 ochko jamg‘ardi. «Bryugge» 1:0 hisobida mag‘lub etilgan bahs «Portu» uchun Chempionlar ligasida o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi besh o‘yindagi ilk g‘alaba bo‘ldi. So‘ngra Angliya chempioni «Lester» 5:0 hisobida taslim etildi.

Yettinchi marta Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqishga harakat qiladigan «ajdarholar» italiyalik mehmonlarga qarshi so‘nggi olti o‘yinida mag‘lub bo‘lmagan (3 g‘alaba va 3 durang). Undan oldindi 7 o‘yinning esa faqat 1 tasida g‘alaba qozongan (3 durang va 3 mag‘lubiyat). Italyan jamoalariga qarshi jami 28 o‘yin o‘tkazib, 8 g‘alaba, 9 durang, 11 mag‘lubiyat qayd etgan. Jumladan, ushbu mavsumda saralash bosqichida «Portu» Italiyaning «Roma» jamoasi to‘sig‘idan o‘tgan edi.

«Yuventus» ushbu mavsumda guruh bosqichidagi mehmondagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Turinliklar Chempionlar ligasi chorak finalida 10-marta ishtirok etish uchun harakat qiladi, biroq ular bu vazifani so‘nggi 6 urinishdan faqat ikkitasida uddalagan. O‘tgan mavsum nimchorak finalida «Yuventus» «Bavariya» bilan ikkala o‘yinda ham asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynagan va myunxenliklar qo‘shib berilgan taymlarda yana ikki gol urishga erishgan edi.

Turinliklar so‘nggi marta portugal jamoasiga qarshi 2013/2014 yilgi Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynagan: o‘shanda «Benfika»ga mag‘lub bo‘lgan jamoa «Yuventus Stadium»dagi finalda o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqargan edi. «Yuventus» portugal jamoalariga qarshi jami 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 g‘alaba, 2 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan (mehmonda 1 g‘alaba, 1 durang va 3 mag‘lubiyat). 4 mag‘lubiyatning barchasi «Benfika»dan qabul qilib olingan.

Tanish chehralar

«Yuventus» futbolchisi Aleks Sandro 2011-2015 yillarda «Portu» safida o‘ynab, ikki marta Portugaliya chempioni bo‘lgan. Turinliklar himoyachisi Dani Alveshning Ispaniya La Ligasidagi ilk goli 2003 yilda «Sevilya» safida o‘sha paytda «Real» darvozaboni bo‘lgan «Portu» posboni Iker Kasilyas darvozasiga urgan.

Shuningdek, Kasilyas qo‘riqlagan «Real» darvzoasiga «Yuventus» futbolchilaridan Miralem Pyanich 2010 yilda «Lion» safida, Mario Manjukich 2014 yilda «Atletiko» safida gol urgan. Kasilyasning «Real» safidagi Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yini 2014/2015 yilgi mavsum yarim finalida aynan «Yuventus»ga qarshi Madridda bo‘lgan. O‘sha o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turinliklar finalga yo‘l olgan edi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:54, 22.02.2017.
O'qildi: 5365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.