Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

“YUventus”ning yangi taktikasi – Dibala uchun maqbul yechim

“YUventus”ning yangi taktikasi – Dibala uchun maqbul yechim

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri jamoasida yangi taktik sxemani qo‘llay boshlaganidan beri, “Yuventus” yutishdan charchamayapti. Muhimi, eng iste’dodli a’zosi Paulo Dibala yangi o‘yin sxemasida o‘zini ajoyib his qilmoqda.

22 yanvardan boshlab, “Yuventus” 4-2-3-1 taktik sxemasini qo‘llay boshladi. Bundan tashqari, jamoaning o‘yin davomida 3-5-2, 4-3-3 va hatto 4-4-2 o‘yin sxemasida o‘ynay olishi jamoaning samaradorligini yanada oshirib yubordi. Kuadrado, Dibala, Manjukich va Iguain kabi hujumkor futbolchilari uchun Massimiliano Allegri nihoyat yechim topganday. Mavsum boshida, “keksa sinyora” yetakchi a’zolarining jarohatlari bois mukammal o‘yin namoyish eta olmagan bo‘lsa, hozirga kelib tarkib ancha optimal ko‘rinish hosil qilgan.

Iguain: “Yuventus” Chempionlar Ligasini yutishi mumkin

«Fiorentina»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin «Yuventus” “Lasio”, “Milan”, “Sassuolo”, “Inter”, “Krotone”, “Kalyari”, “Palermo” ustidan g‘alaba qozondi. Bu jamoalar turinliklarning yangi formulasiga qarshi biror chora topa olmadilar. Ushbu o‘yin tizimining o‘zgarishi sababini jamoa ustozi Allegri quyidagicha tushuntirib o‘tdi: “O‘zgarishlar, yangiliklar jamoaga shiddat olib keladi. Biz ancha payt o‘z uslubimizni saqlab kelgandik. Shogirdlarim buni bilishadi, ular aqlli”.

Jamoadagi o‘zgarish Klaudio Markizio yo‘qligida amalga oshirilgan edi. Futbolchi maydonga qaytgan, biroq yirik uchrashuvlarda maydonda hali to‘liq harakat qila olmaydi. Bu yangi sxemadagi muhim holat Paulo Dibala uchun foydali bo‘lmoqda. Unga endi ko‘proq erkinlik berilmoqda. Hujumda Dibala o‘zi istagan yo‘nalishda harakat qilmoqda. Argentinalik futbolchining istiqbolini chamalaydigan bo‘lsak, yaqin kelajakda dunyo futbolining yangi yulduzi bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Ko‘rinib turibdiki, «Yuventus»ning yangi taktik sxemasi Paulo Dibalaning imkoniyatlarini oshirishda haqiqiy yechim bo‘la oladi.

Marchello Lippi La Gazzetta dello Sport da Allegrining tanloviga yuqori baho berib o‘tdi. “Allegri boshqa murabbiylarga o‘xshamaydi. Ba’zilar jamoada o‘yin uslubini, uning shakllanishini zudlik bilan amalga oshirish kerak degan fikrda. Bu esa aksincha jamoani kuchsizlantiradi. Allegri esa boshidan 3-5-2 o‘yin sxemasidan voz kechmadi. 4-2-3-1 sxemasidan esa qulay paytda foydalana boshladi”.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:52, 23.02.2017.
O'qildi: 6931 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.