Parijdagi yirik mag‘lubiyat va «Leganes»ga qarshi ishonchsiz o‘yindan so‘ng «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa o‘yiniga o‘zgartirish kiritmoqchi.
Mutaxassis 4–3–3 taktika sxemasidan 4–2–3–1 sxemasiga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Goal xabariga ko‘ra, Luis Enrike unvonlar uchun kurashishni davom ettirish maqsadida, jamoa o‘yinida jiddiy o‘zgarishlarni joriy qilmoqchi.