Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Surxon»ni mag‘lub etdi

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Surxon»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot bazasi maydonida “Navbahor” va “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi nazorat o‘yini o‘tkazildi.

Unda namanganliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Mirzoxid G‘ofurov hisobni ochdi. Termizliklarda tez orada hisobni tenglashtirish imkoniyati yuzaga kelgandi. Lekin, “Surxon” futbolchisi penaltini aniq amalga oshira olmadi. Tanaffusga oz vaqt qolganida Nemanya Yovanovich hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq deb topildi. Nazorat o‘yini bo‘lganligi sababli serbiyalik hujumchi o‘rnini Abduaziz Sultanov egalladi. Birinchi bo‘limda G‘ofurovning goli yagonaligicha qoldi.

Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz raqib darvozasini ikkinchi bor nishonga olishdi. Mirzohid G‘ofurov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan bir pallada chalib yiqitildi. Natijada “Surxon” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Oybek Qilichev aniq amalga oshirdi. Oradan biroz vaqt o‘tib Qilichev Timur Tolipovni gol urishiga sharoit yaratib berdi. Tolipov esa yakuniy zarbani berishda xatolikka yo‘l qo‘ymadi – 3:0.

Uchrashuvda «Navbahor» tarkibi quyidagicha bo‘ldi: Asilbek Amanov, Darko Stanoyevich, G‘iyos Komilov, Alisher Samatov, Tohir Shamshitdinov, A’zam Aliyev, Alisher Mirzayev, Oybek Qilichev, Mirzohid G‘ofurov, Timir Tolipov, Nemanya Yovanovich. Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Abduaziz Sultanov, Jahongir Mehmonov, Abbos Otaxonov, Ilhom Aliboyev, Hasanboy Ergashev.

Shu tariqa «Navbahor»ning Toshkentda o‘tkazilgan mashg‘ulotlari yakuniga yetdi. Endi jamoa a’zolari ikki kunlik dam olishdan keyin, 28 fevral kuni Namanganda to‘planib, tayyorgarlikning yakuniy bosqichini boshlaydi. “Navbahor” chempionatning dastlabki turida 4 mart kuni Toshkentning “Obod” klubini qabul qiladi.  

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:29, 25.02.2017.
O'qildi: 5665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик