Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Seleksiyadan ko‘ngil to‘qmi?

Seleksiyadan ko‘ngil to‘qmi?

Baho:
+ | -

Odatda, aksariyat mutaxassislar, futbolchilar va ayniqsa, murabbiylar jurnalistlarni futbolni tushunmaslikda ayblashni xush ko‘rishadi. Tanqidga uchragan vaqtda ularning tilidan bunday gap-so‘zlarni ko‘p eshitamiz. To‘g‘ri-da, jurnalist futbol o‘ynamasa, uni qayerdan tushunsin? Men ham ortiqcha gapni ko‘paytirmay, mana shu aybni tan olishga qaror qildim. Ha, men o‘zbek futbolini yaxshi tushunmayman.

Ayniqsa, transfer ishlarini.

O‘zbek futbolida eng mujmal soha bo‘lsa, u ham transfer masalasiga taalluqli. Hozirgacha biror futbolchi qandaydir narx evaziga boshqa klubga o‘tganini eshitmaganmiz. O‘zi kamdan-kam kuzatiladi, bunday transferlar, shunda ham qiymat oshkor etilmaydi. Zero «klubning ichki siri»ga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Yevropa va Janubiy Amerikada istagancha ish yuritish mumkin, u yerda futbolchilar uchun million-million pul sanaladi. Ammo bizning o‘z yo‘limiz bor - transfer pullari qat’iy sir saqlanadi. Aytaylik, Jaloliddin Masharipov «Paxtakor»dan «Lokomotiv»ga qanday shart va qancha pul evaziga ijaraga o‘tganini ham hech qachon bilib olmasligimiz ehtimoli juda yuqori.

Ammo bu o‘rinda pul masalasi ham eng muhimi emas. Aynan Masharipovning transferini ko‘rib chiqar bo‘lsangiz, o‘z-o‘zidan boshqa savol tug‘iladi: nima, «Paxtakor» hozirdan chempionlikdan umidini uzib ulgurdimi? Aks holda, nima uchun yetakchi o‘yinchilaridan birini eng ashaddiy raqibiga berib yubordi?

Umuman, mazkur masalani ko‘tarsak, yana bir qator g‘alati transferlarga ham ko‘zimiz tushadi. Aytaylik, yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadigan «Bunyodkor» ko‘p yillik yetakchisi Akmal Shorahmedovni «Nasaf»ga berib yubordi. Yoki o‘sha «Nasaf» himoyachisi Shuhrat Muhammadiyevning «Lokomotiv» safiga o‘tganiga nima deysiz? Odatda, futboli risoladagidek bo‘lgan mamlakatda biror o‘yinchi ashaddiy raqib safiga o‘tib ketgudek bo‘lsa, yillar davomida eslab yuradilar. Aytaylik, Luis Enrike «Real»ni «Barselona»ga almashtirgani haligacha unutilmagan. Luish Figuning «Barselona»dan «Real»ga o‘tgani-ku, hech qachon kechirilmasa kerak. Albatta, La-liga qayerda-yu, oliy liga, qayerda, dersiz? Ammo Rossiya chempionatida ham Roman Shirokovning «Spartak» bilan shartnoma imzolagani haqida nimalar deyishayotganini bilasizmi?

Bizda esa Masharipov, Shorahmedov va Muhammadiyevsiz ham eslasa «arziydigan» transferlar yetarlicha. Umuman, O‘zbekiston chempionatida hali hech qachon futbolchilar bir jamoada to‘p surishi prinsipial jihatdan ahamiyatli hisoblanmagan. Aksincha, biz turli klublar safida chempion bo‘ladigan futbolchilar davrida yashamoqdamiz. Aytaylik, Temur Kapadzening chempionlik unvoni «Bunyodkor»nikidan ancha ko‘pligini ham yaxshi bilamiz. «Lokomotiv» haqida-ku, umuman indamadik. Ammo yarim himoyachining o‘zi bu bilan faxrlana olarmikan? Avval «Paxtakor» va «Bunyodkor», undan keyin esa «Lokomotiv» safida chempion bo‘lgan boshqa futbolchilar-chi?

O‘yinchilar qo‘nimsizligi biz uchun avvaldan begona bo‘lmagan. O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatsizliklari ichki chempionat saviyasi bilan bog‘lansa, ensamiz qotadi. Ammo shu bilan birga, ochiq-oydin ko‘rinib turgan kamchiliklarni idrok etishni istamaymiz. Balki bizda ham «Obod» singari xususiy klublar ko‘paysa, o‘shanda prinsip paydo bo‘larmidi? Ungacha esa futbolchilar har yili turli rangdagi liboslarni kiyishdan uyalmaydilar. Aksincha, bu oddiy holga aylanadi.

Biz esa butkul boshqacha chempio-nat ko‘rishni istaymiz. Unda «Paxtakor» faqat futbolchilarini ijaraga berish emas, balki stadionga keladigan 30-40 ming muxlisga chipta sotish bilan ham kun ko‘ra oladi. «Nasaf» esa chempionlik uchun kurashga yanada jiddiyroq kirishadi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv»ning titul homiylari kim qancha pul to‘lashidan bahs qiladilar. Shunaqa bo‘lishini tasavvur qila olasizmi?

Albatta, bularning bari hozircha orzuligicha qolmoqda. Ammo qachonki mana shu niyatimiz amalga oshsa, keyin nafaqat jahon chempionatida ishtirok etamiz, balki yuksak natijalarga erishish haqida ham o‘ylashni boshlaymiz.

Darvoqe, oliy liga chempionligi haqidagi fikrimni yakunlab qo‘ysam. Bu yil yana «Lokomotiv» chempion bo‘lsa kerak. Nega, deysizmi? Chunki faqat shu klub o‘z yetakchilarini ashaddiy raqiblari qo‘liga topshirmasdan, chetga sotdi. Sizga yana qanaqa fakt kerak?

Ammo bu o‘rinda pul masalasi ham eng muhimi emas. Aynan Masharipovning transferini ko‘rib chiqar bo‘lsangiz, o‘z-o‘zidan boshqa savol tug‘iladi: nima, «Paxtakor» hozirdan chempionlikdan umidini uzib ulgurdimi? Aks holda, nima uchun yetakchi o‘yinchilaridan birini eng ashaddiy raqibiga berib yubordi?

Umar BEK

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:18, 26.02.2017.
O'qildi: 6341 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.