«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Germaniya chempionatidan o‘rin olgan «Hamburg» (8:0) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.
«Yirik hisobdagi g‘alabadan katta zavq oldik. O‘z maydonimizda, ajoyib muhitda qozonilgan 8:0 hisobidagi g‘alaba har bir muxlisga, futbolchiga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Uyga ko‘nglimiz to‘q holda ravona bo‘ldik» - dedi Myuller.