Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Olmaliq» rahbariyati futbolchilar bilan uchrashdi

«Olmaliq» rahbariyati futbolchilar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Qisqa muddatli ta’tildan so‘ng, «Olmaliq» futbolchilari yana mashg‘ulotlarni davom ettirdi.

Bugun jamoa a’zolari Toshkent viloyati Ahmad Yassaviy mahalla hududida joylashgan stadionda mashg‘ulot o‘tkazishdi. Kechki payt esa jamoa rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yangi mavsum arafasida tashkillashtirilgan bu uchrashuvga jamoa bosh homiysi Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati moliya va iqtisod bo‘yicha direktori O‘ktam Dehqonboyevich Karimov tashrif buyurdi. Bir soatga yaqin davom etgan yig‘ilishda jamoa rahbariyatiga 2017 yilda "Olmaliq" sharafini himoya etuvchi futbolchilar va murabbiylar shtabi bosh direktor Ibrohim Yuldashev tomonidan tanishtirildi. Shundan so‘ng, O‘ktam Dehqonboyevich jamoaga omad tiladi. Suhbat davomida jamoa oldida yuqori maqsadlar qo‘yilganligi ta’kidlandi. 2016 yil yakunida jamoada amalga oshirilgan o‘zgarishlar shunchaki emasligi, yaqin yillarda Olmaliqda mamlakat futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan raqobatbardosh jamoa bo‘lishi haqida so‘z bordi.

O‘ktam Karimov suhbat davomida jamoa kelajagiga doir quyidagilarni aytib o‘tdi. - "Olmaliq shahrida xalqaro talablarga javob beradigan jamoa turargohi va o‘quv-mashg‘ulot majmuasini barpo etish yo‘lida izlanishlar olib borilmoqda va bu reja bosqichma-bochqich amalga oshiriladi. Bu yildan ishqibozlar uchun maxsus elektron abonementlar chiqarildi. Stadion hududida klub atributikalari sotuvini tashkil qiluvchi do‘kon ochiladi. Bu do‘konda "Olmaliq" jamoasiga aloqador mahsulot bilan bir qatorda, O‘zbekiston chempionatida ishtirok etadigan boshqa jamoalar bilan kelishgan holda ularning atributikalari ham sotuvi tashkil etiladi. Shuningdek, jamoa uchrashuvlarini Olmaliq TV orqali ko‘rsatish ham rejalashtirilmoqda. Bu ishlarning barchasi Olmaliqda futbolni rivojlantirish, ko‘p ming sonli ishqibozlarga qulayliklar yaratish uchun amalga oshirilmoqda. Tashkiliy ishlar bilan bir qatorda futbolchilarning mazmunli va shiddatli o‘yin namoyish etishi ham muhimdir. Siz qanchalik yaxshi o‘yin namoyish etsangiz jamoa muxlislari shunchalik ko‘payadi. O‘ylaymanki, Viktor Balyutovich jamlagan bu tarkib jamoa ishqibozlari va rahbariyat ishonchini qozonadi."

Uchrashuv davomida jamoa bosh murabbiyi Viktor Balyutovich Kumikov ham so‘z olib, jamoa uchun mavsumoldi tayyorgarlik bosqichi yaxshi o‘tganligini, buyog‘iga jamlangan futbolchilar bilan yuqori maqsad sari odimlashga tayyor ekanligini bildirdi. Futbolchilar nomidan so‘z olgan jamoa sardori Islom Inomov ham rahbariyat tomonidan yaratib berilgan sharoit uchun minnatdorchilik bildirdi. Jamoa futbolchilari oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarish yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solishlarini ta’kidladi.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 13:01, 26.02.2017.
O'qildi: 4532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.