"Valensiya"ning sobiq bosh murabbiyi Geri Nevill "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordning mahoratiga baho berdi.
"Reshford hozirning o‘zida jiddiy saviyaga yetib bordi. U o‘zini ko‘rsatish uchun yetarli vaqt va imkoniyatlarga ega. Ikki-uch yildan so‘ng u Grizmanning saviyasiga yetib oladi. Reshfordga Ibrahimovich bilan bir jamoada o‘ynayotgani yordam beradi, undan ko‘p narsalarni o‘rgansa, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lishi mumkin", - deydi Nevill.