Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

La liga. «Real» «cho‘kayotgan» joyidan tirik chiqdi

La liga. «Real» «cho‘kayotgan» joyidan tirik chiqdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida «Vilyarreal» o‘z uyida «Real Madrid»ni qabul qildi. Madridliklar g‘alaba qozonishlari uchun juda kuchli iroda namoyish qilishlariga to‘g‘ri keldi.

"Sariq suvosti kemasi" o‘yin boshidanoq to‘pni juda yaxshi nazorat qilib, raqib futbolchilarini to‘psiz yugurishga majbur qildi. Tanaffusga qadar mezbonlar "Real" darvozasi oldida bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo so‘nggi zarbani berishda "Vilyarreal" futbolchilariga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim esa "Madrid" uchun kutilmagan "tarsaki" bilan boshladi. Mehmonlar jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Marselo bosh bilan qaytardi. Biroq to‘p Trigerosga kelib tushdi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa mezbon futbolchisi maydon markazidan aniq pas bilan Sedrik Bakambuni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchi Ramosning ta’qibi ostida bo‘lishiga qaramay, Navas darvozasini ishg‘ol qildi, 2:0!

Ushbu hisob madridlik muxlislarga "Valensiya" bilan o‘yinni eslatib yuborgan bo‘lsa ajab emas. Zidan jamoasi ixtiyorida hali 35 daqiqa atrofida vaqt bor edi.

O‘yinning 60-daqiqasida maydon egalarini darvoza ustuni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Ronaldu jarima maydonchasi ichida o‘zi tomon yetkazilgan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Beyl "Vilyarreal" darvozasiga dastlabki golni urishga muvaffaq bo‘ldi. U Karvaxalning uzatmasini bosh bilan yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvning 74-daqiqasiga kelib hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Krishtianu Ronaldu bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqaradigan futbolchilar toifasiga kirmaydi — 2:2.

Ushbu gol mezbonlarni tushkun kayfiyatga tushirib qo‘ydi. O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida ular maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. "Real" esa qarshi hujumdan juda samarali foydalana oldi. Marselo chap qanotdan yetkazib bergan ajoyib uzatmani Morata bosh bilan darvozaga joyladi.

O‘yin so‘ngida har ikkala jamoa bittadan ajoyib imkoniyatni ko‘kka sovurishdi. Ayniqsa, Morata hech kim xalal bermayotgan vaziyatda 3-4 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi.

Shu tariqa, "Real" iroda namoyish qilib, ikkita to‘p farqi bilan ortda borayotib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa o‘z ochkolarini 55taga yetkazgancha, yana musobaqa jadvalining yuqori qismiga qaytdi.

Ispaniya La ligasi, 24-tur,
Vilyarreal – Real Madrid 2:3 (0:0)
Gollar: 1:0 – 50 Trigeros, 2:0 – 56 Bakambu, 2:1 – 64 Beyl, 2:2 – 74, penalti Ronaldu, 2:3 – 83 Morata.
Vilyarreal – Asenxo (Fernandes, 35), Musakkyo, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos, Trigeros (Rodri Ernandes, 75), Soriano, Kastilyexo, Bakambu, Adrian (CHerishev, 57).
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Isko, 58), Kroos, Beyl (Vaskes, 89), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).
Ogohlantirishlar: Soriano (73), Soldado (73), Alvaro Gonsales (74), Mario Gaspar (90), Pepe (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:39, 27.02.2017.
O'qildi: 19958 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.