Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

VIII qishki Osiyo o‘yinlari yakunlandi

VIII qishki Osiyo o‘yinlari yakunlandi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Sapporo shahrida VIII qishki Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Kecha Makomanay muz saroyida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabar berib o‘tganimizdek, musobaqada yurtimiz sharafini figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Misha Ge himoya qildi.

24 fevral sanasida o‘tkazilgan qisqa dasturda hamyurtimiz Gonkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, Qozog‘iston, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillaridan iborat 21 kishilik guruhda 76,18 ball bilan 8-o‘rinni egalladi.

Kecha, ya’ni musobaqaning so‘nggi kunida esa u erkin dasturda o‘z omadini sinab ko‘rdi. Erkin dasturda Misha Ge bir muncha omadli qatnashdi va yakunda 157, 75 ball bilan o‘z ishtirokini 5-o‘rinda yakunladi. Natijada har ikkala yo‘nalish bo‘yicha umumiy 233,93 ball jamg‘argan hamyurtimiz VIII qishki Osiyo o‘yinlarida kuchli oltilikdan joy oldi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, musobaqa davomida Misha Gening kunchiqar yurtda ham muxlislari juda ko‘p ekanligiga guvoh bo‘ldik. Ular sportchimizni har bir ishtiroki paytida O‘zbekiston bayrog‘ini butun arena bo‘ylab yoyib chiqqan holda tinmay qo‘llab quvvatlab borishgani e’tiborga molik.

Figurali uchishda oltin medal yaponiyalik Uno Shomaga nasib etgan bo‘lsa, xitoylik sportchilar Jin Boyang va Yan Xan mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida esa musobaqada Yaponiya terma jamoasi a’zolari 74 ta medal bilan birinchi o‘rinni egallashdi. Kunchiqar yurt vakillari 27 ta oltin, 21 ta kumush va 26 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi a’zolari 16 ta oltin, 18ta kumush va 16 ta bronza bilan jami 50 ta medal jamg‘arishdi va bu borada ikkinchi bo‘lishdi. Xitoy terma jamoasi esa (12 ta oltin, 14 ta kumush, 9 ta bronza) kuchli uchlika yakun yasab berdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:45, 27.02.2017.
O'qildi: 7439 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик