24-26 fevral kunlari Bolgariyaning Varna shahrida yoshlar o‘rtasida an’anaviy Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi erkin va yunon-rum kurashlarida to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi. Bolgariya, Ruminiya, Moldova, Rossiya, Gruziya, Yaponiya, Vengriya, Xorvatiya, Ispaniya, AQSH, Ukraina va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etgan mazkur musobaqada terma jamoamiz delegasiyasi jami 10ta medalga sazovor bo‘ldi.
Yunon-rum kurashida Islom Bahromov (59 kg), Mirzobek Raxmatov (66 kg) va Jalgas Berdimuratov (80 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, To‘rabek Tirkashev (59 kg) va Fazliddin Namozov (71 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Erkin kurashchilarimiz orasida esa Rustam Jo‘rayev (50 kg) va Bahodir Aslonov (97 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib oltin medallarga ega chiqishdi. Ramazon Ibodov (65 kg), Muhammadali Muxtorov (70 kg) va Hasanboy Rahimov (125 kg) larga bronza medallari nasib etdi.
E’tiborli jihati, yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Mirzobek Rahmatov yosh polvonlar orasida “Eng yaxshi texnika sohibi” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.
Endi Sport kurashlari Assosiasiyasi vakillari Turkiyaga yo‘l olishadi. U yerda 3-5 mart kunlari yunon-rum kurashi, 10-12 mart kunlari esa erkin kurash bo‘yicha nufuzli Xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqalar orqali shu yilning may oyida Xindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamizning asosiy tarkibi aniqlanadi.
Alonso "Liverpul" hujumiga ikkita yangi o‘yinchini tanladi [4414]
«Real» va «Liverpul» Maykl Olise uchun rekord summalarni taklif qilmoqda [3193]
Anchelotti Braziliya terma jamoasining asosiy figurasini aniqlab oldi [2780]
Nima uchun Ronalduning o‘g‘li «Real» mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi? Sababi ma’lum qilindi [2757]
Isak "Liverpul"dan "Barselona"ga o‘tmoqchi [2373]
“Barselona” APL klubi hujumchisining agenti bilan bog‘landi — manba [2252]
Kunde «Barselona»dagi eng sevimli jamoadoshini aytdi [2229]
Hakimiy agentining bayonotiga qaramay, "Real"ga o‘tmoqchi [2022]













