Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Sergey Lushchan: “Al-Ayn” – OCHL turniri favoriti

Sergey Lushchan: “Al-Ayn” – OCHL turniri favoriti

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvni oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Luchshan hamda yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov ishtirok etdi.

“Raqib ancha xavfli, bu darajadagi kuchli jamoa bilan avval o‘ynamaganmiz. “Al-Ayn” turnir favoriti sanaladi. Raqib jamoaning barcha rasmiy o‘yinlarini kuzatib bordim, ularni o‘rgandim. “Al-Ayn” hujumkor futbol ko‘rsatishiga amin bo‘ldim. Raqib tarkibi ajoyib, ularda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi – Umar Abdulrahmon to‘p suradi.  U haqiqiy “o‘zga sayyoralik”. Umar ajoyib uzatmalar beradi, maydonni to‘liq ko‘ra oladi.

“Bunyodkor”ning asosiy maqsadi yoshlarni tarbiyalash va ularga o‘yin amaliyotini berish, ayniqsa, OCHL musobaqasida. Shubhasiz, “Al-Ayn” ertaga favorit, biroq ochko olish uchun kurashamiz. Dastlabki o‘yinda qo‘yilgan xatolar borasida yigitlar bilan gaplashib oldik, ammo ular yosh va hamma ham xato qiladi”, – dedi Sergey Lushchan.

“Uchrashuv oson bo‘lmasligini bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. O‘z o‘yinimiz bilan muxlislar va o‘zbek xalqini xursand qilishga harakat qilamiz. Jamoaiy o‘yin asosiy qurolimiz”, – dedi Dostonbek Hamdamov.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” va “Al-Ayn” o‘rtasidagi uchrashuv ergata, 28 fevral kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 12:42, 27.02.2017.
O'qildi: 6220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик