Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 00:45 Roma 2-0 Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

APL 26-tur. "Lester" – "Liverpul" uchrashuvi prevyusi

APL 26-tur. "Lester" – "Liverpul" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan “Lester” – “Liverpul” qarama qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Yurgen Klopp shogirdlari bugun amaldagi chempion biroq hozirda autsayderga aylanib borayotgan “Lester” maydoniga safar uyushtiradi. Quyida mazkur uchrashuv haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

O‘zaro uchrashuvlar: 105ta

G‘alabalar: 37ta – Lester, 44ta – Liverpul

Durrang: 24ta

Gollar: 133 – Lester, 165 – Liverpul

Eng yirik hisobdagi g‘alaba: 3:0 – Lester, 5:1, 4:0 – Liverpul

Birinchi davradagi hisob: “Liverpul” – “Lester” 4:1

“Lester Siti”

Angliyaning amaldagi chempionlari bu mavsum chempionlik uchun kurasha olmasliklari oldindan ma’lum edi, biroq muhlislar o‘z klublarining natijalarini bu darajadagi pasayishini kutishmagan edi. O‘tgan mavsum sensatsiyasiga aylangan jamoa, bu mavsum ham sensatsiya qayd etishi ya’ni quyi ligaga tushib ketishi mumkin. O‘tgan turlardagi omadsiz seriyalardan so‘ng amaldagi chempionlar 18-pog‘onaga tushib qolishdi. Bo‘lajak o‘yinga esa “tulkilar” beshta turdan buyon davom etayotgan mag‘lubiyatlar bilan yetib kelishdi (“Chelsi”, ”Sautgempton”, ”Bernli”, ”Manchester Yunayted”, ”Suonsi”). Yana bir muhim jihati shundaki klub mazkur o‘yindan oldin o‘z murabbiyini iste’foga chiqardi. Ya’ni Klaudio Raneri ertagi o‘z nihoyasiga yetdi. Jamoa 6ta o‘yindan buyon raqib darvozasini ishg‘ol eta olmayapdi va 12 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. “Lester” 7 turdan buyon 6 mag‘lubiyat va 1ta durrangga erishdi holos. Jamoaning so‘nggi g‘alabasi 31-dekabr sanasida qayd etilgan edi. (“Lester” – “Vest Xem” 1:0) Bo‘lajak bahsda yangi murabbiy Kreyg Shekspir himoyachi Kolla Vage hizmatlaridan foydalana olmaydi. Shuningdek Islam Slimani va Leonardo Uloada ham kichik jarohatlar borligi haqida aytilmoqda.

“Liverpul”

Amaldagi chempionlar fonida “Liverpul” o‘tgan yilgiga nisbatan o‘z o‘yinini kuchaytirgan va sekin asta barqarorlikka erishmoqda. Yurgen Klopp shogirdlari ayni damda kuchli beshlikni yakunlab turishibdi va yetakchi “Chelsi”dan 14 ochkoga ortda qolishmoqda. Bu esa jamoani chempionlik poygasidan deyarli chiqib ketganini anglatadi, lekin mersisaydliklar Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasiga erishishlari mumkin. Bu pog‘onalar uchun esa kurash ancha murosasiz ko‘rinish olgan. “Liverpul” o‘tgan turdagi g‘alabasi evaziga o‘zining 5 tur davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasay oldi va xalqaro maydon uchun asosiy raqobatchi “Tottenxem”ni mag‘lub etdi. Oldinda Yurgen Kloppni “Man Siti” va “Arsenal”ga qarshi qiyin uchrashuvlar kutib turganini inobatga olsak murabbiy bu o‘yinda maksimal ochko to‘plash ilinjida “King Pauer”ga tashrif buyurishi fahmlash qiyin emas. “Liverpul” safarda 13ta o‘yin o‘tkazib 6ta g‘alaba, 4ta durrang va 3ta mag‘lubiyat qayd etdi. Shu o‘rinda 23ta gol urib 19ta gol o‘tkazib yubordi. Bu borada jamoa APL klublari orasida “Man Siti”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” dan keyingi o‘rinda. “Lester”ga qarshi uchrashuvda mersisaydliklar tarkibida hujumchi Denni Ingz, yarim himoyachilar Ovi Edjaria va Marko Gruyichlar o‘z jamoasiga yordam bera olishmaydi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:48, 27.02.2017.
O'qildi: 5895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.