Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Vilyarreal" va "Real" o‘rtasidagi o‘yinda qiziq vaziyat yuz berdi.
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritayotgan paytda "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Garet Beyl va posboni Keylor Navas darvoza oldida xiyla orqali hakamni aldashga muvaffaq bo‘lishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilishi bilan Beyl va Navas o‘zaro "to‘qnashuv" sahnasini yuzaga keltirishdi va darvozabon maydonga yiqildi. Hakam esa posbon raqib futbolchisining qo‘polligi evaziga qulatildi deb taxmin qilib, o‘sha zahoti o‘yinni to‘xtatdi.
Avvalroq Beyl jamoadoshi Xames Rodriges bilan birgalikda raqib jarima maydonchasi ichida shunday sahnani uyushtirib, penalti ishlashga muvaffaq bo‘lgandi.