Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Sotqinlar, sadoqat va kelajak uchun sarmoya...

Sotqinlar, sadoqat va kelajak uchun sarmoya...

Baho:
+ | -

Futbol jurnalistikasini turli-tuman reyting varaqalarisiz tasavvur qilish mushkul. Sport gazetalarida bunday ro‘yxatlarga katta urg‘u berilishi ham sir emas. Umuman, reytinglar turli yo‘nalishlarni qamrab oladi.

10ta eng yirik sotqinlik

FootballHD.ru reytingi o‘z faoliyatlari davomida ikki azaliy dushman raqib tarkibida o‘ynash asnosida birinchi jamoa muxlislari uchun abadiy sotqinga aylangan futbolchilarni o‘z ichiga olgan. Sayt xodimlari «faxrli» 1-o‘ringa vaqtida 6 million funt evaziga «Everton»dan «Liverpul» safiga o‘tgan Nik Barmbini loyiq topishdi.

1-o‘rin. Nik Barmbi («Everton» e «Liverpul»)

2-o‘rin. Yoxan Kroyff («Ayaks» e «Feyenoord»)

3-o‘rin. Luis Enrike («Real» e «Barselona»)

4-o‘rin. Sol Kempbell («Tottenxem» e «Arsenal»)

5-o‘rin. Mixalis Konstantinu («Panatinaikos» e «Olimpiakos»)

6-o‘rin. Andreas Myoller («Borussiya» D. e «Shalke»)

7-o‘rin. Alan Smit («Lids» e «Manchester Yunayted»)

8-o‘rin. Xaim Revivo («Fenerbaxche» e «Galatasaroy»)

9-o‘rin. Luish Figu («Barselona» e «Real»)

10-o‘rin. Karlos Teves («Manchester Yunayted» e «Manchester Siti»)

Sadoqat posbonlari

Soccer.ru sayti esa Yevropaning eng kuchli 5ta ligasiga nazar solib, uzoq yillardan buyon bitta klubga sadoqat bilan xizmat qilayotgan futbolchilarga e’tibor qaratdi. Ayni payt sodiqlik masalasida namuna ko‘rsatayotganlar ro‘yxatini betakror Franchesko Totti boshqarib turibdi. Diqqat qiling, «Rim shahzodasi» 24 yilu 1 oydan oshdiki, «Roma» safida javlon urmoqda.

1-o‘rin. Franchesko Totti (40 yosh; «Roma») - 24 yilu 1 oy

2-o‘rin. Jon Terri (36 yosh; «Chelsi») - 17 yilu 7 oy

3-o‘rin. Serjo Pellissye (37 yosh; «Kyevo») - 16 yilu 7 oy

4-o‘rin. Andres Inyesta (32 yosh; «Barselona») - 15 yilu 7 oy

5-o‘rin. Xavi Priyeto (33 yosh; «Real Sosyedad») - 15 yilu 7 oy

6-o‘rin. Nikolya Sob (37 yosh; «Kan») - 15 yilu 7 oy

7-o‘rin. Janluiji Buffon (39 yosh; «Yuventus») - 15 yilu 7 oy

8-o‘rin. Loran Pionnye (34 yosh; «Monpelye») - 14 yilu 7 oy

9-o‘rin. Daniele de Rossi (33 yosh; «Roma») - 14 yilu 7 oy

10-o‘rin. Anjelo Palombo (35 yosh; «Sampdoriya») - 14 yilu 7 oy

APLda ishlashga munosib murabbiylar

Britaniyaning The Telegraph nashri bu safar jahon futbolidagi eng «qadrlanmayotgan» 20 nafar murabbiyni yagona reytingda qayd etib, «Ular aslida APL klubini boshqarish salohiyatiga egalar», deya ta’rif berdi. E’tiborlisi, bu ro‘yxatga hozirda ishsiz yurgan rossiyalik Leonid Sluskiy ham kiritildi.

Uve Rosler («Flitvud Taun»; Germaniya)

Tommi Rayt («Sent-Jonston»; Shimoliy Irlandiya)

Ole-Gunnar Sulsher («Molde»; Norvegiya)

Pol Lambert («Vulverxempton»; Shotlandiya)

Stiv Bryus («Aston Villa»; Angliya)

Garri Monk («Lids»; Angliya)

Leonid Sluskiy (klubsiz; Rossiya)

Pol Xartli («Dandi»; Shotlandiya)

Jovanni van Bronkxorst («Feyenoord»; Gollandiya)

Kristof Galtye («Sent-Etyen»; Fransiya)

Derek MakInnes («Aberdin»; Shotlandiya)

Aleks Nil («Norvich»; Shotlandiya)

Nunu Eshpiritu Santu («Portu»; Portugaliya)

Andre Villash-Boash («Shanxay SIPG»; Portugaliya)

Ruy Vitoriya («Benfika»; Portugaliya)

Lyusyen Favr («Nissa»; Shveysariya)

Brendan Rojers («Seltik»; Shimoliy Irlandiya)

Kris Xyuton («Brayton&Xov»; Irlandiya)

Jorje Jezush («Sporting»; Portugaliya)

Leonardu Jardim («Monako»; Portugaliya)

Kelajak uchun sarmoya

Gabriel Jezus «Manchester Siti»dagi faoliyatini juda yaxshi boshladi. Shunday bo‘lishi ham kerak edi. Axir braziliyalik futbolchining transferiga 32 million yevro to‘landi. Shu tariqa futbol tarixidagi 20 yoshdan kichik eng qimmatbaho o‘yinchilar reytingida o‘zgarish yuzaga keldi. Ya’ni Jezus bu borada 10-11-o‘rinlarga joylashdi. 20 yoshdan kichik qimmatbaho futbolchilar reytingini esa Rahim Sterling boshqarib boryapti.

1-o‘rin. Rahim Sterling - 62,5 mln. yevro (20 yoshida «Liverpul»dan «Manchester Siti»ga)

2-3-o‘rin. Leroy Sane - 50 mln. yevro (20 yoshida «Shalke»dan «Manchester Siti»ga)

2-3-o‘rin. Antoni Martial - 50 mln. yevro (20 yoshida «Monako»dan «Manchester Yunayted»ga)

4-o‘rin. Lukas Moura - 40 mln. yevro (20 yoshida «San-Paulo»dan «PSJ»ga)

5-o‘rin. Lyuk Shou - 37,5 mln. yevro (18 yoshida «Sautgempton»dan «Manchester Yunayted»ga)

6-o‘rin. Ueyn Runi - 37 mln. yevro (18 yoshida «Everton»dan «Manchester Yunayted»ga)

7-o‘rin. Xavyer Saviola - 35,9 mln. yevro (19 yoshida «River Pleyt»dan «Barselona»ga)

8-9-o‘rin. Renatu Sanshesh - 35 mln. yevro (18 yoshida «Benfika»dan «Bavariya»ga)

8-9-o‘rin. Nikolya Anelka - 35 mln. yevro (20 yoshida «Arsenal»dan «Real»ga)

10-11-o‘rin. Gabriel Jezus - 32 mln. yevro (19 yoshida «Palmeyras»dan «Manchester Siti»ga)

10-11-o‘rin. Oskar - 32 mln. yevro (20 yoshida «Internasyonal»dan «Chelsi»ga)

SH. ABDULLAYEV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:40, 28.02.2017.
O'qildi: 6994 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.