Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Real» va «Yuventus» Gonsalo Garsiya transferining o‘ziga xos detallarini muhokama qilmoqda

«Real» va «Yuventus» Gonsalo Garsiya transferining o‘ziga xos detallarini muhokama qilmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiyaning nufuzli Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi 22 yoshli ispaniyalik iqtidorli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda ikki grand klub o‘rtasidagi muzokaralar biroz sust bo‘lsa-da, davom etmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu transfer oddiy ijara shartnomasi bo‘lmaydi. Tomonlar futbolchining to‘liq transfer huquqini sotib olish borasida kelishishmoqda. Biroq «Real» Madrid klubi shartnomaga keyinchalik futbolchini ma’lum bir mablag‘ evaziga qayta sotib olish (obratniy vikup) huquqini beruvchi maxsus bandni kiritishni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiya «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «Qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda yosh hujumchi Madrid klubi tarkibida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda nufuzli Transfermarkt portali Garsiyaning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:09, 11.06.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик