Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Barselona»: taktik beqarorlik va Messi

«Barselona»: taktik beqarorlik va Messi

Baho:
+ | -

La Liga 24-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi o‘yinda muxlislar boshqacha «Barselona»ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. «Ko‘k-anorranglilar» Madridda 3-4-3 sxemasi bo‘yicha harakatlandi, Luis Enrikening so‘zlariga qaraganda esa to‘psiz harakat vaqtida bu 4-4-2 ga o‘zgarib turgan.

Nima bo‘lganda ham, buni juda samarali deb bo‘lmaydi. «Barselona»ni 4-3-3 taktik sxemasi bo‘yicha o‘ynatishga odatlangan Luis Enrike «PSJ»dan 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lingan o‘yinnning ikkinchi bo‘limida 4-2-3-1 ga o‘tishga urinib ko‘rdi, «Leganes»ga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozonligan o‘yinda esa yana birinchi bo‘limda 4-3-3, ikkinchi bo‘limda 4-2-3-1 sxemasi kuzatildi.

Biroq «Leganes» o‘yin oxirida belgilangan penalti evaziga mag‘lub etilgan, «Atletiko»ga qarshi «Visente Kalderon» stadionida kechgan eng so‘nggi o‘yinida ancha qiynalgan bo‘lsa ham, «Barselona» o‘yinida biroz bo‘lsa-da yaxshi tomonga o‘zgarish sezildi.

Endilikda yarim himoyada uch, to‘rt va besh nafargacha futbolchidan foydalanayotgan ushbu «Barselona» avvalgiday uchrashuvning boshidan oxirigacha o‘yinni nazorat qiladigan jamoa emas. Klubni Xavi tark etgach va Luis Suares kelgach, «Barsa» keskin hujumlarga asoslangan uslubga o‘tdi va o‘zining fantastik hujum chizig‘iga juda bog‘lanib qoldi.

«Barselona» uchun yaxshi jihat esa Lionel Messi ushbu jamoada to‘p surayotganidir. Argnetinalik hujumchi «Leganes» darvozasiga ikkala golni ham urdi va «Atletiko» bilan o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi. Bungacha ham Messi «Valensiya»ga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan, «Sevilya»ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirib g‘alabaga hissa qo‘shgan, «Real Sosedad» va «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga 1 ochko taqdim etgan edi.

Shunday ekan, jamoasi qanday tizimda o‘ynashi, yarim himoyaning yaxshi o‘yin ko‘rsata olishi yoki olmasligidan qat’i nazar, besh karra «Oltin to‘p» sohibi har doim yordamga shay bo‘lib qolmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:04, 28.02.2017.
O'qildi: 13907 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик