"Tottenhem" yarimhimoyachisi Dele Alli jamoadoshi - hujumchi Garri Keynning suratiga chizgilar chizdi.
"Keyn - fantastik o‘yinchi! Unga to‘p oshirsang o‘ntadan to‘qqiztasini golga aylantiradi. Bu darajadagi futbolchi bilan birga o‘ynash - sharaf. U jamoa uchun o‘ynaydi, o‘zi ham uradi. Keyn maydonda katta hajmdagi "qora ish"larni bajaradi, har bir vaziyatda to‘p uchun kurashadi", - deydi Alli.
Keyn ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 27 uchrashuvda qatnashib, 22ta gol urgan.