Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid - Inter
08/09 23:59 Portu - Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D - Vilyarreal
08/09 23:59 Lill - Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

"Navbahor"ga kimlar keldi?

"Navbahor"ga kimlar keldi?

Baho:
+ | -

Yana sanoqli kunlardan so‘ng barcha futbol ixlosmandlari O‘zbekiston Oliy ligasi o‘yinlarini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Barcha jamoalar singari "Navbahor" jamoasi ham o‘z tarkibini kuchaytirishga erishdi. Transfer bozorida "Navbahor" hamda "Buxoro" jamoalari ancha faol bo‘lishdi.

"Navbahor" jamoasi o‘z safiga o‘ndan ziyod futbolchini qo‘shib oldi - o‘z navbatida klubni shunga yaqin o‘yinchilar tark etdi.

Darvoza chizig‘i nisbatan kuchaytirildi. Akmal Ortiqov to‘laqonli klub a’zosiga aylangan bo‘lsa, unga raqobatchi sifatida Asilbek Amanov jamoaga taklif etildi.

Himoya chizig‘i ham ancha kuchaytirilgani bor gap. "Neftchi" jamoasidan sobiq "navbahorchilar" ortga qaytdi. Jahongir Mehmonov hamda Alisher Samatov yana Namanganda to‘p surishadi.

Shuningdek, himoya qo‘rg‘oniga namanganlik G‘iyos Komilov va yana bir sobiq "lochinlar" vakili Hasanboy Ergashevlar ham qo‘shilishgan. Serbiyalik Darko Stanoyevich bilan esa himoya chizig‘i yanada kuchaytirildi.

Yarim himoya - "Navbahor"ning eng kuchli chizig‘iga aylandi deyish mumkin. "Paxtakor"dan Ravshan Xursanov, Alisher Mirzayev, Abbos Otaxonov va Timur Tolipov jamoaga qo‘shilishgan.

Bundan tashqari, "Neftchi"dan Mansur Saidov hamda so‘nggi vaqtda xorijda to‘p surgan Oybek Qilichev ham "Navbahor"da to‘p surishadi.

Mirzohid G‘ofurov hamda Abdulaziz Sultonov yana "Navbahor"ga qaytishdi.

Hujum chizig‘idan esa bolqonlik Nemanya Yovanovich hamda Ro‘zimboy Ahmedov joy egallashdi.

O‘tgan yilgi tarkibdan jamoani Artur Parvanov, Aleksandr Korneychuk, Murod To‘ychiboyev, Aziz Mamazoitov, Akram Bahriddinov, Qahramon Muhammadjonov, Alisher Mahmudov, Islom Isoqjonov, Vladislav Nuriyev, Vladislav Aleksin va Abdumalik Abdullayev tark etishdi.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 11:38, 01.03.2017.
O'qildi: 8398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик