Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Sho‘rtan"ning sobiq bosh murabbiyi Belarus termasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi

"Sho‘rtan"ning sobiq bosh murabbiyi Belarus termasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

"Sho‘rtan"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Torpedo-BelAZ" ustozi Igor Kriushenko Belarus terma jamoasining bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqida Belarus futbol federasiyasining rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Bugun ABFF raisi Sergey Rumas va belarus murabbiyi Igor Kriushenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat natijasida mutaxassis mamlakat milliy terma jamoasining bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi bilan tugadi. Hujjatlar yaqin vaqtlar ichida rasmiylashtiriladi", - deya xabar beradi federasiya matbuot xizmati.

Yanvar oyida Belarus terma jamoasini boshqarish uchun rossiyalik mutaxassislar Nikolay Pisarev, Aleksandr Borodyuk va Valeriy Karpin nomzodi ko‘rsatilgan edi.

Kriushenko BATE klubi bilan ikki marta Belarus chempionligiga erishgan (2006, 2007), ikki marta Belarus kubogini qo‘lga kiritgan (2006 - BATE, 2016 - Torpedo-BelAZ). 2011-2012 yillarda "Sho‘rtan"ni boshqargan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 00:08, 02.03.2017.
O'qildi: 6294 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик