«Valensiya» klubining yangi sport direktori Xose Ramon Alesanko, «Yuventus»dan ijaraga olingan hujumchi Simone Dzadza mavsum oxirida 16 mln yevroga to‘liq sotib olinishini aytdi.
«Dzadza jamoa safida faol o‘ynamoqda. Mavsum oxirida u bilan 4 yillik shartnoma imzolaymiz. Uni yanada ko‘proq gol uradi va bizni har bir o‘yinda xursand qiladi degan umiddamiz» - dedi Alesanko.
Dzadza «Valensiya» tarkibida 8ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan.