Fransiya terma jamoasi va «Real» klubining sobiq hujumchisi Raymon Kopa 86 yoshida olamdan o‘tdi.
Raymon Kopa (Kopashevski – futbolchining ajdodlari Polshadan) 1958 yilda «Oltin to‘p» sovriniga ega bo‘lgandi.
U Fransiya terma jamoasi tarkibida 45 o‘yinda 18ta gol urib, jahon chempionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan. «Real» bilan 3 marta Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan (1956, 1958 va 1959) va 2 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, «Reyms» tarkibida 4 marta Fransiya chempioni bo‘lgan.