Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Uzbek Tigers" – "Patriot Boxing Team" to‘qnashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

"Uzbek Tigers" – "Patriot Boxing Team" to‘qnashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafeligida bo‘lib o‘tayotgan WSB turnirining o‘tgan mavsumi yarim finalchisi sanaladigan “Uzbek Tigers” jamoasi, musobaqaning joriy mavsumi “S” guruhidagi uchinchi uchrashuvda “Patriot Boxing Team” klubi bokschilariga qarshi jang olib boradi. Toshkentdagi “o‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan janglar oldidan har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. “Patriot Boxing Team” klubi WSB turniri joriy mavsumida 2 ta uchrashuv o‘tkazib, bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd yetgan. Rossiyalik bokschilar musobaqani o‘z uylarida “Astana Arlans”ga qarshi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlashdi. Shundan so‘ng, Xitoyning “China Dragons” klubi bokschilari safarda mag‘lub yetildi (4:1). “Uzbek Tigers” bokschilari yesa o‘tgan ikki uchrashuvni ham safarda o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradi. Shu jihatdan oldindagi janglar jamoalar uchun katta ahamiyatga yega bo‘lib turibdi.

Bevosita matbuot anjumanida “Uzbek Tigers” jamosi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi - WSB turnirida hali oldimizda 4 ta uchrashuv turibdi. 2016 yil bokschilarimiz uchun katta muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Biz 2017 yilda ham muxlislarimizni, xalqimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz – dedi Qilichev.

o‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari oldindagi janglarga – Hasanboy Do‘smatov (49kg), Abdulhay Shoraxmatov (56kg), Elnur Abduraimov (64kg), Isroil Madrimov (75kg) hamda Zuhriddin Maxkamovni (91kg) jalb qilishgan. “Patriot Boxing Team” jamoasidan yesa Bator Sagaluyev (49kg), Dmitriy Sharafutdinov (56kg), Radmir Abduraxmanov (64kg), Rajab Rajabov (75kg) hamda Islam Tekeyev (91kg) ringga ko‘tariladi. AIBA tomonidan jahonning 2016 yidagi yeng yaxshi bokschisi deb topilgan Hasanboy Do‘smatov o‘z raqibi Bator Sagaluyev bilan bundan avval ikki bor to‘qnash kelib har ikki jangda ham g‘alaba qozonishga yerishgan.

Umuman olganda, ikki jamoa bokschilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 5 ta jangning barchasi shiddatli kechishi kutilmoqda. Chunki har ikki jamoa ham turnirdagi mavqeini yaxshilab olishi kerak. Muxlislarni qiziqarli janglar kutib turgani shubhasiz. Yana bir bor yeslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomi 4 mart kuni 18.30da boshlanadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:03, 04.03.2017.
O'qildi: 6142 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик