Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-1 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Navbahor» mavsumga shay-mi?

«Navbahor» mavsumga shay-mi?

Baho:
+ | -

«Navbahor» 2017 yilgi mavsumga har doimgidan jiddiyroq taraddud ko‘rdi. Tarkibga ko‘plab mahoratli futbolchilar qo‘shilishdi, mahalliy o‘yinchilar Namanganga qaytishdi. Eslatib o‘tamiz, jamoa dastlabki turda o‘z maydonida «Obod»ni qabul qiladi. Biz «Navbahor»ning mavsumoldi tayyorgarliklari hamda futbolchilarning ayni paytdagi ahvoli bilan tanishish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov hamda futbolchilar bilan suhbat uyushtirdik. Aytish joizki, klubdagi holat bilan tanishish chog‘ida yuqori kayfiyat hukmron ekani, «Navbahor» vakillarining barchasi yangi mavsumga tayyorligiga guvoh bo‘ldik.

Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor» bosh murabbiyi): - Mavsumga tayyorgarlik asosan Toshkentda olib borildi. Deyarli ikki oy davomida 14ta nazorat uchrashuvi o‘tkazib, shu tariqa futbolchilarning eng saralarini tanlab olib, qolganlarga javob berdik. «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ldi va yakunda yirik hisobda g‘alabaga erishdik.

«Navbahor»ning yangi mavsumda ko‘rsatadigan natijalari uchun shaxsan men javobgarman. Endi «Navbahor»da Anvar Soliyev sport direktori vazifasida, Durbek Umaraliyev, Vladimir Andreev, Sherzod Sharipov va Jamshid Umarov yordamchi murabbiy sifatida ish olib borishadi. Rahbariyat jamoa oldiga mavsumni kuchli sakkizlikda yakunlash vazifasini qo‘ygan. O‘tgan mavsumdagi natijalarni unutib, faqat yuqoriga intilishda davom etamiz. Jamoa tarkibiga kuchli futbolchilarni jalb qilishga urindik. Mavsumni yuqori notada boshlash uchun astoydil tayyorgarlik olib boryapmiz.

Barcha futbolchilar oliy liganing yangi mavsumiga tayyor turishibdi. «Navbahor» tarkibi deyarli 80 foizga yangilandi. Yaqinlashib kelayotgan mavsumda Yovanovich va Stanoyevich kabi legioner futbolchilar «Navbahor» sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, tarkibga Oybek Qilichev, Temur Tolipov, Mirzohid G‘ofurov, Abbos Otaxonov, Asilbek Omonov, G‘iyos Komilov kabi yangi o‘yinchilarni ham taklif etdik. Rahbarlar barcha sharoitlarni yaratib berishdi.

Maosh va ko‘tarma pullari ham o‘z vaqtida berilishi ma’lum qilingan. Jamoa mutasaddilari Toshkentdagi yig‘indan avval Turkiya safariga borishni ham taklif etishdi. Lekin yurtimizdan uzoqqa ketish istagi bo‘lmagani uchun mashg‘ulotlarni poytaxtda davom ettirishga qaror qildik. Axir O‘zbekistondan ham go‘zalroq diyorni yana qayerdan topish mumkin?

Alisher Samatov (himoyachi): - Jamoamiz bu yil ancha kuchaydi, tarkibda ko‘plab mahoratli futbolchilar to‘planishgan. Maqsadimiz - mavsumni faqat yuqori o‘rinlarda yakunlash. «Neftchi»dagi shartnomam yakunlangani sabab yana «Navbahor»da faoliyat olib boraman. «Obod»ga qarshi 1-tur o‘yinini o‘z maydonimizda, muxlislarimiz ko‘z oldida o‘tkazamiz. Albatta, ochilish uchrashuvidagi natija ijobiy bo‘lishi shart. Joriy mavsum Namangan futbol ahliga o‘zgacha yangiliklar tayyorlaganmiz. Barcha muxlislar birinchi o‘yin kunini hayajon bilan kutishmoqda. Kuchli futbolchilar to‘plangan tarkib bilan duch kelgan raqibni mag‘lub etishga qodirmiz.

Jahongir Mehmonov (himoyachi): - Mavsumlar oralig‘ida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va klub direktori Nosirjon Sultonovlarning takliflariga ko‘ra, yana «Navbahor»ga qaytdim. O‘zim tug‘ilib-o‘sgan viloyat sharafini munosib tarzda himoya qilib, muxlislarimizni ijobiy natijalar bilan xursand qilish niyatidaman.

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni a’lo darajada o‘tdi. Kuniga ikki mahaldan tashkil etilgan mashg‘ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka zo‘r berdik. Bundan tashqari, nazorat uchrashuvlari orqali o‘yin amaliyotini ham shakllantirishga ulgurdik. Toshkentda o‘tgan mashg‘ulotlardan barcha futbolchilarning ko‘ngillari to‘lib, yana Namanganga qaytdik. Birinchi o‘yin oldidan barcha jangovar ruhda. «Obod»ga qarshi uchrashuv oson bo‘lmaydi, lekin muxlislar bilan to‘lgan stadionda uch ochko olishga harakat qilamiz.

Mirzohid G‘ofurov (yarim himoyachi): - «Navbahor»ning joriy mavsum o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygani sir emas va bu yo‘lda jamoamga chin dildan yordam bermoqchiman. Namangandan tushgan taklifni bajonidil qabul qildim. Chunki «Navbahor» men uchun notanish emas, murabbiy hamda futbolchilar, umuman, jamoa a’zolarining ahil-inoqliklariga ko‘z tegmasin. Barchasi hali oldinda. Namangan futboli avvaldan yuksak e’tiborga sazovor bo‘lib kelgan. O‘ylaymanki, bu an’ana yana uzoq yillar davom etadi.

Dilshod Jabborov (yarim himoyachi): - Bu yil «Navbahor» oldiga yuqori o‘rinlarni egallash maqsadi qo‘yildi. Toshkentda o‘tkazilgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridan barchaning ko‘ngli to‘lganini alohida ta’kidlash joiz. Rahbariyatning futbolchilarga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. Yangi mavsumga to‘liq tayyormiz, desam bo‘laveradi. Endilikda muxlislarning faqat olqishlari va astoydil qo‘llab-quvvatlashlarini kutib qolamiz.

Oybek Qilichev (yarim himoyachi): - O‘zbekistonni sog‘inganim uchun ortga qaytdim. Ilhom Mo‘minjonovning taklifiga ko‘ra, «Navbahor» safiga qo‘shilib, yarim yillik kelishuvga erishdim. Davralar oralig‘ida xorijdan taklif tushmasa, faoliyatimni «Navbahor»da davom ettirishni rejalashtirganman. Ayni payt jamoa tarkibiga mahoratli futbolchilar yig‘ilishgan, bu esa tarkibdagi raqobatni kuchaytiradi. Barcha o‘yinchilar asosiy tarkibdan joy olish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi. «Navbahor»ning maqsadi - oliy ligada yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritish.

Nemanya Yovanovich (hujumchi): - Legioner sifatida O‘zbekiston oliy ligasi men uchun begona emas. «Navbahor»ga kelgunimga qadar «Olmaliq», «Andijon» va «Qizilqum»da faoliyat olib borganman. Yangi mavsumda «Navbahor»ga yordam beradigan bo‘ldim. Namanganlik futbol muxlislariga o‘xshashini boshqa shaharlarda ko‘rmaganman. O‘ylaymanki, navbatdagi chempionatda «Navbahor» stadionidagi muhit o‘zgacha ko‘rinish oladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:48, 04.03.2017.
O'qildi: 5752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик