Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Akrom Komilov o‘zini qachon bosib oladi? «Al-Ayn»ga qarshi o‘yindan chetlatilgan futbolchining va’dasi haqida

Akrom Komilov o‘zini qachon bosib oladi? «Al-Ayn»ga qarshi o‘yindan chetlatilgan futbolchining va’dasi haqida

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasining 2017 yilgi mavsumi guruh bosqichini ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshlagan Toshkentning «Bunyodkor» klubi himoyachisi Akrom Komilov «Maydon» nashriga intervyu berib, fe’l-atvorini o‘zgartirgani haqida gapirdi.

«Al Ayn»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, jamoamni qiyin ahvolga solib qo‘ydim. Buni tan olaman. Aynan shu qizil kartochka tufayli «Bunyodkor» mag‘lub bo‘ldi, deb hisoblayman. Buning uchun jamoadoshlarimdan va muxlislardan uzr so‘rayman. Bu menga qattiq ta’sir qildi» - dedi Akrom Komilov.

Toshkentda kechgan «Al-Ayn»ga qarshi uchrashuv «Bunyodkor»ning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan bo‘lib, shundandan keyin bosh murabbiy Sergey Lushchan Akrom Komilovni yechinish xonasidan topa olmagani uchun undan xavotirda ekanini ma’lum qilgandi.

«Ikki o‘yinda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik va buni o‘zimiz ham bilamiz. Murabbiylar buni tushuntirishayapti. Lekin bu vaqtinchalik ekaniga ishonaman. Biz hammasini to‘g‘irlaymiz. Shunchaki, bizga biroz vaqt kerak, mavsum endi startga kirdi» - dedi Akrom Komilov.

Futbolchi Sardor Rashidovning Lushchan haqida aytgan fikrlariga qaramay, «Bunyodkor» a’zolari u bilan yaxshi aloqada ekani haqida ham aytib o‘tgan.

«Rashidov bilan barchamiz yaxshi munosabatdamiz. U bilan gaplashib turamiz. Bizda unga nisbatan hech qanday reaksiya bo‘lgani yo‘q. Vaziyatni jurnalistlar ko‘pirtirib yuborgan ko‘rinadi. To‘g‘risi, bunga jiddiy e’tibor bermadik. Uning gapi bizning munosabatlarimizga ta’sir qilmaydi. Men intervyuni o‘qimaganman ham» - dedi Akrom Komilov.

«Al-Ayn»ga qarshi uchrashuvdan keyin jurnalistlar Akrom Komilov o‘zini qachon o‘zini bosib oladi qabilida savol bergandi. Futbolchi shu masalaga ham javob qaytardi.

«Men endi o‘zgardim va bundan keyin qizil kartochka olmaslikka o‘zimga so‘z berdim. Yana bir bor o‘sha o‘yin uchun muxlislardan uzr so‘rayman» - dedi Akrom Komilov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:52, 04.03.2017.
O'qildi: 8970 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.