Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Muhammad Kone: "Ancha yaxshi shakllangan jamoani mag‘lubiyatga uchratdik"

Muhammad Kone: "Ancha yaxshi shakllangan jamoani mag‘lubiyatga uchratdik"

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi kecha Oliy liga-2017 doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. “Temiryo‘lchilar” ilk turda Muborakning “Mash’al” jamoasini safarda mag‘lub etib, yangi mavsumni muvaffaqiyatli tarzda boshlashdi.

Yangi mavsum oldidan “Loko” safiga kelib qo‘shilgan ivuarlik himoyachi Muhammad Kone klub matbuot xizmatiga “Mash’al”ga qarshi bahs hamda OCHL doirasida o‘tgan “Al Ahli” bilan o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi ilk uy uchrashuvimizda g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. Zero ilk turda kutilmaganda Saudiya jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Natijada “Al Ahli”ga qarshi bahsda o‘z ishqibozlarimizni hafa qila olmasdik. Shukr, ushbu vazifani uddalay oldik va jamoamiz xarakter namoyish etgan holda Dubay klubini mag‘lub etdi.

Ushbu o‘yindagi g‘alaba bizga Oliy liga doirasida o‘tgan “Mash’al”ga qarshi o‘yinda ham kuch berdi, deya olaman. Zero biz Muborakka amaldagi chempion sifatida tashrif buyurdik va anchagina yaxshi shakllangan jamoani mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdik. “Mash’al” ancha tartibli o‘yin namoyish etdi. Biroq biz ushbu uchrashuvda faqat va faqat 3 ochkoni ko‘zlagan holda maydonga chiqqan edik. Binobarin mamlakat chempioni va kubogi sohibi ekanmiz, boshqa jamoalarni xurmat qilgan holda o‘ynashimiz lozim. Qolaversa, o‘z muxlislarimizni har bir o‘yinda xushnud etishga urnishimiz kerak bo‘ladi. Ular bizni mavsumdagi ilk uy uchrashuvimizda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. Umid qilamanki, muxlislarimiz keyingi  bellashuvlarda ham stadionga kelib jamoamizga shijoat berib turishadi, – deydi mahoratli himoyachi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:31, 04.03.2017.
O'qildi: 8441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик