Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Farhod Safarov: “Maydonning og‘irligi "Obod"ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi”

Farhod Safarov: “Maydonning og‘irligi "Obod"ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -

“Navbahor” va “Obod” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Obod” klubi direktori Farhod Safarov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

- Avvalambor “Navbahor” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Qolaversa, Namangan xalqini kirib kelayotgan Navro‘z ayyomi hamda kecha boshlangan yangi chempionat bilan ham muborakbod etaman. O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, bahsni qay tarzda kechganligiga o‘zinglar guvoh bo‘ldinglar. Uchrashuv boshida tezkor gol o‘tkazib yubordik. Chempionat startida o‘ynash doimo og‘ir bo‘ladi. Dastlabki turlarda maydonda to‘p surishni o‘zi bo‘lmaydi. Jamoa uchta yoki to‘rtta o‘yin o‘tkazgach barchasi izga tushib ketadi. Albatta bosh murabbiyni yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Barchaga ma’lumki, Rauf Inileev jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Ayni paytda tiklanish muolajalari olib borilmoqda. Aynan shu sababli bosh murabbiy bugun biz bilan birga bo‘la olmadi. Uning yo‘qligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Agarda Inileev jamoa bilan birga bo‘lganida barchasi boshqacha tarzda tus olardi. Nazarimda maydon bizning futbolchilar uchun og‘ir bo‘ldi. Jamoamiz safidan joy olgan o‘yinchilarni qay tarzda harakat qilishlari va yugurishlarini yaxshi bilamiz. Maydonni bosimi o‘z ta’sirini qildi deb o‘ylayman. Mavsum boshida hamma joyda ham maydonlarni holati shunday bo‘ladi. Yetakchi futbolchilarimizdan biri Shohruz Norxonovning jarohati og‘ir emas. Shu sababli keyingi turda maydonga tushadi deb ayta olaman.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:21, 04.03.2017.
O'qildi: 5707 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик