Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

2018 yilda shartnomasi tugaydigan yulduzlar

2018 yilda shartnomasi tugaydigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Odatda jamoalar o‘zlariga kerakli futbolchilar bilan shartnomalarni ularning yakuniga eng kamida bir yil qolganda uzaytirishga harakat qiladi. Aks holda nafaqat muhim futbolchidan ayrilishi, balki mo‘maygina transfer summasidan ham quruq qolishi mumkin. E’tiboringizga havola yetiladigan 2018 yil yozida shartnomasi tugaydigan futbol yulduzlarini ham jamoalari saqlab qolishi uchun joriy yilda deyarli so‘nggi imkoniyatga ega.

Dani Alvesh – «Yuventus» (Turin, Italiya) – turinliklarga tekinga tushgan braziliyalik himoyachi jamoani xuddi shunday tekinga tark yetishi mumkin. Ross Barkli – «Everton» (Liverpul, Angliya) – angliyalik yarim himoyachi «Everton» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Karim Benzema – «Real» (Madrid, Ispaniya) – oxirgi paytlarda tanqidlar ostida qolayotgan fransiyalik hujumchining shartnomasi ham 2018 yilda tugaydi. Hatem Ben Arfa – «PSJ» (Parij, Fransiya) – fransiyalik yarim himoyachi hozirgacha parijliklar safida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi. Deyli Blind – «Manchester Yunayted» (Manchester, Angliya) – 2014 yilda Manchesterga kelgan niderlandiyalik himoyachi hozircha shartnomasini yangilamagan. Emre Jon – «Liverpul» (Liverpul, Angliya) – germaniyalik himoyachi mersisaydliklar safini 2014 yilda to‘ldirgan edi. Edinson Kavani – «PSJ» (Parij, Fransiya) – Ibrahimovichning ketishi bilan o‘yini ochilgan Kavani parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmagan. Jorjio Kyellini – «Yuventus» (Turin, Italiya) – tajribali himoyachi «Yuventus» safida 2004 yildan buyon harakat qilib keladi. Janluiji Donnarumma – «Milan» (Milan, Italiya) – Buffonning davomchisi sifatida ko‘rilayotgan 18 yoshli darvozabon «Milan»ni 2018 yilda tark yetishi mumkin. Radamel Falkao – «Monako» (Monako, Fransiya 1 Ligasi) – jamoasini chempionlik sari yetaklayotgan kolumbiyalik hujumchining shartnomasi ham 2018 yilda tugaydi. Maruan Fellayni – «Manchester Yunayted» (Manchester, Angliya) – belgiyalik futbolchi 2013 yilda Manchesterga ko‘chib o‘tgan edi. Fernandinyo – «Manchester Siti» (Manchester, Angliya) – «shaharliklar»ning yeng asosiy futbolchilaridan bo‘lgan Fernandinyo hozircha shartnomasini uzaytirmagan. Xose Mariya Ximenes – «Atletiko» (Madrid, Ispaniya) – urugvaylik yosh himoyachining hozirgi shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Ander Errera – «Manchester Yunayted» (Manchester, Angliya) – ispaniyalik yarim himoyachi 2014 yilda «Old Trafford»ga kelgan edi. Andres Inyesta – «Barselona» (Barselona, Ispaniya) – «ko‘k-anorranglilar» sardoriga umrbod shartnoma taklif qilinishi mumkinligi aytilmoqda. Isko – «Real» (Madrid, Ispaniya) – madridliklarning so‘nggi o‘yinlarida jamoa joniga oro kirayotgan Isko joriy yildayoq ketishi mumkin, hatto «Barselona»ga. Shinji Kagava – «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) – qadrdon jamoasiga qaytgan yaponiyalik hujumchi 2018 yildan keyin qayerda o‘ynashi hozircha ma’lum emas. Xuan Mata – «Manchester Yunayted» (Manchester, Angliya) – Mourinyo bilan nihoyat til topishishga yerishgan ispaniyalik yarim himoyachi balki jamoada qolishi mumkin. Dris Mertens – «Napoli» (Neapol, Italiya) – belgiyalik hujumchi hozirda neapolliklarning asosiy qurollaridan hisoblanadi, biroq uning shartnomasi 2018 yilda tugaydi. Lionel Messi – «Barselona» (Barselona, Ispaniya) – argentinalik hujumchining shartnomasi so‘nggi paytlarda yeng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Aleks Oksleyd-CHemberleyn – «Arsenal» (London, Angliya) – angliyali futbolchining shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Mesut O‘zil – «Arsenal» (London, Angliya) – «to‘pchilar»ning yetakchilaridan biri bo‘lgan germaniyalik yarim himoyachi jamoani joriy yilda tark yetishi mumkin. Aaron Remzi – «Arsenal» (London, Angliya) – jarohatlar girdobida qolib ketgan uyelslik yarim himoyachi hozircha shartnomasini uzaytirmagan. Frank Riberi – «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) – Fransiyalik yarim himoyachining shartnomasi 2018 yilda tugaydi. Aryen Robben – «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) – niderlandiyalik yarim himoyachi ham hozircha yangi shartnoma tuzmagan. Nuri Shahin – «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) – Dortmundga qaytgan yana bir futbolchining shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. Aleksis Sanches – «Arsenal» (London, Angliya) – londonliklar yana bir yetakchisi – chililik hujumchidan ham joriy yilda ayrilishi mumkin. Bastian Shvaynshtayger – «Manchester Yunayted» (Manchester, Angliya) – germaniyalik yarim himoyachi ushbu jamoani joriy yildayoq tark yetishi mumkin. Kevin Strootman – «Roma» (Rim, Italiya) – niderlandiyalik yarim himoyachi Rimga 2013 yilda ko‘chib o‘tgan edi.
Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:26, 05.03.2017.
O'qildi: 19840 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.