Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

JCH–2018 saralashidagi raqib — Qatar terma jamoasi Ozarbayjon bilan o‘ynaydi

JCH–2018 saralashidagi raqib — Qatar terma jamoasi Ozarbayjon bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Qatar termasi 9 mart, payshanba kuni Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Doha shahridagi Jassim bin Hamad Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvi Qatar terma jamoasi uchun jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Jamoa bosh murabbiyi Xorxe Fossati o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga 29 futbolchini taklif qilgan.

Qatar terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni o‘z maydonida Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 28 mart kuni esa Xorxe Fossati shogirdlari Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘zaro bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Qatar termasi 5 ochko bilan 5-pog‘onani band qilib turibdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:04, 06.03.2017.
O'qildi: 8459 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик